O‘zbekiston | 10:59 / 28.09.2021
2767
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibining o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

AQSh davlat kotibining o‘rinbosari Vendi Sherman oktabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Ma'lum qilinishicha, davlat kotibi o‘rinbosari Vendi Sherman 29 sentabr kuni Shveytsariyaning Jyeneva shahriga borib, AQSh idoralararo delegatsiyasiga rahbarlik qiladi. U yerda AQSh va Rossiya o‘rtasidagi strategik barqarorlik bo‘yicha ikki tomonlama muloqotda ishtirok etadi.

Shundan so‘ng u O‘zbekistonga keladi va 4 oktabr kuni yuqori lavozimli amaldorlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi. 

Sherman 6 oktabr kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahriga borib, bir qator ikki tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etadi, fuqarolik jamiyati tadbirlarida xususan, Hindiston g‘oyalari sammitida qatnashadi. 7 oktabr kuni esa u Mumbayga boradi va u yerda biznes va fuqarolik jamiyati vakillari bilan ochiq suhbat tashkil qiladi. Oxirgi tashrif 7-8 oktabr kunlari Pokistonning Islomobod shahriga bo‘ladi va yuqori martabali rasmiylar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish