12:00 / 29.09.2021
12809
Reklama

27 sentyabrdan Bucheon universitetining 2021-2022 o‘quv yili uchun hujjatlarning qo‘shimcha qabuli ochildi

Abituriyentlar 2021 yil 7 oktyabrgacha “Maktabgacha ta'lim”, “Koreys tili va menejment”, “Arxitektura” fakultetlariga hujjat topshirishlari mumkin. “Maktabgacha ta'lim” va “Arxitektura” fakultetlarida ta'lim olish o‘quv yili uchun 2,200$ va 3,300$ ni tashkil etadi hamda 3+1 tizimiga muvofiq olib boriladi, bunda talabalar xohishlariga ko‘ra o‘qishni Koreya Respublikasida yakunlashi mumkin. “Koreys tili va menejment” fakultetida 2+2 tizimi qabul qilingan, ta'lim esa yiliga 3,300$ ni tashkil etadi.

Arizalar Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol-2 ko‘chasi, 38A-uy manzilida shaxsan qabul qilinadi. Qabul vaqti – dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Abituriyentlar quyidagi hujjatlar to‘plamini taqdim etishlari zarur:

1. Diplom (attestat) nusxasi;

2. Pasport nusxasi;

3. www.bucheon.uz da to‘ldirilgan onlayn ariza;

4. Rasm 3x4;

5. 250 000 so‘m miqdorida ro‘yxatdan o‘tish badali.

Shuningdek, xohlovchilar hujjatlarni onlayn tarzda ham topshirishlari mumkin. Yuborilgan hujjatlarni qayta ishlash dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.

Onlayn ariza topshirish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • Universitet saytida (www.bucheon.uz ) telefon raqam tekshiruvidan o‘tish;
  • Shaxsiy kabinetingizda arizani to‘ldirish va yuqorida sanab o‘tilgan barcha kerakli hujjatlarni ilova qilish;
  • Ro‘yxatdan o‘tish badalini bank, “Apelsin” dasturi orqali yoki universitetning o‘zida to‘lash;
  • Shaxsiy kabinetingizda to‘lov kvitansiyasini ilova qilish.

Universitet xodimlari tomonidan abituriyentga muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida xabar beriladi.

Kirish imtihonlari faqat suhbatdan iborat va 2021 yil 11 oktyabrdan 15 oktyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Suhbat abituriyentga qulay tilda bo‘lib o‘tadi.

Kirish imtihonlari natijalari 2021 yil 16 oktabr kuni abituriyentning shaxsiy kabinetida e'lon qilinadi.

Qabul komissiyasiga savollar bo‘yicha quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

+998781504002

+998951963601

Bucheon — barcha uchun ochiq bo‘lgan an'anaviy koreys ta'limi!

Reklama huquqi asosida

Top