Buxoroda 5 nafar hokimga hayfsan berildi, 2 nafar hokim jarimaga tortildi

Foto: iStock
Buxoro viloyati hokimining farmoyishiga binoan, 5ta tuman hokimiga hayfsan intizomiy jazosi berildi, 2ta tuman hokimi esa ish haqining 20 foiz miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi. Ular fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashdagi sustkashligi uchun jazolandi.
Farmoyishda ta'kidlanishicha, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklarida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni talablariga rioya etilmaslik holatlariga yo‘l qo‘yilganligi qayd etilgan.
Jumladan, mas'ul xodimlarning qonunchilik hujjatlari talablaridan yetarli darajada xabardor emasligi, hokimliklarda murojaatlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilinmasligi va noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim qilish holatlarining mavjudligi, fuqarolar hokimlar qabuliga kira olmay, ularning qabulini tashkil qilib berishni so‘rab davlat rahbariga murojaat qilayotgani, bunday so‘rovlarning ham aksariyat hollarda e'tiborsiz qoldirilayotgani, murojaatlar viloyat hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish uchun ustidan shikoyat qilingan mansabdor shaxsga yuborilayotgani, murojaatlar bilan ishlashga va muammolarni hal etishga bunday yondashuv aholining haqli e'tirozlariga sabab bo‘layotgani holatlari kuzatilgan.
Shuningdek, 2021 yilning 17 sentabr kuni viloyat hokimining Buxoro shahrida o‘tkazgan sayyor qabulida tuman va shaharlar hokimlari, sektorlar rahbarlari tomonidan fuqarolar murojaatlariga e'tiborsizlik bilan qarayotganliklari o‘z tasdig‘ini topgan.
Farmoyishga ko‘ra, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlarining fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilgan.
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashga e'tiborsizlik bilan qaragani uchun quyidagilarga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan:
-
Qorovulbozor tumani hokimi A.Ostonov;
-
Vobkent tumani hokimi F.Umarov;
-
Kogon tumani hokimi M.Esanov;
-
Peshku tumani hokimi V.Qahhorov;
-
Buxoro tumani hokimi X.Jo‘rayev.
Bundan tashqari, Jondor tumani hokimi S.Hikmatov va Shofirkon tumani hokimi Sh.Hakimovga oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima qo‘llanilgan.
Buxoro shahri hokimi J.Nosirov esa qattiq ogohlantirilgan.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33
-
Isroilning G‘azodagi yangi operatsiyasi, dronlar hujumiga zo‘r bergan Rossiya va Hamasning o‘ldirilgan navbatdagi qo‘mondoni – kun dayjesti
Jahon | 13:21
-
Estoniya Rossiyani neft tankerini qo‘lga olganlikda aybladi
Jahon | 13:17
-
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika hamda suv xo‘jaligi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 13:13
Mavzuga oid

11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona

10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

20:43 / 27.12.2024
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

12:33 / 13.12.2024