Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu safar bombardimonchilar bilan – Xitoy Tayvanga 52 ta samolyot yo‘lladi
Tayvan bo‘g‘ozi janubiy qismi ustida amalga oshirilgan parvozlarda 36 ta J-16 qiruvchisi, ikkita Su-30, ikkita Y-8 kemaga qarshi samolyoti, ikkita KJ-500 radiolokatsion samolyoti va 12 ta H-6 strategik bombardimonchi samolyoti qatnashgan.
Xitoy harbiy aviatsiyasi surunkasiga to‘rtinchi kun Tayvan janubi uzra parvoz qildi. Tayvan Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, bu safar 52 ta samolyot uchib kelgan.
Ma'lumot berilishicha, Tayvan bo‘g‘ozi janubiy qismi ustida amalga oshirilgan parvozlarda 36 ta J-16 qiruvchisi, ikkita Su-30, ikkita Y-8 kemaga qarshi samolyoti, ikkita KJ-500 radiolokatsion samolyoti va 12 ta H-6 strategik bombardimonchi samolyoti qatnashgan.
Xitoy to‘rt kundan buyon ana shunday parvozlarni amalga oshirmoqda. 1 oktyabr kuni 38, 2 oktyabrda 39 va 3 oktyabr kuni 16 samolyot Tayvanni bezovta qilgandi.
Bunga javoban Tayvan mudofaa vazirligi samolyotlari havoga ko‘tarilgan, Xitoy samolyotlariga zudlik bilan orol havo hududini tark etish talabi qo‘yilgan.
Tayvan 1949 yildan buyon alohida ma'muriyat tomonidan boshqariladi. Pekin orolni Xitoy provinsiyalaridan biri deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026