Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2022 saralashi. Saudiya Arabistoni Yaponiyani mag‘lub etdi, Eron guruh peshqadamiga aylandi, Xitoyda g‘alaba, Iroqda durang
Bugun, 7 oktabr kuni Osiyoning bir qator maydonlarida JCh-2022 hal qiluvchi saralash bosqichi doirasidagi 3-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
«A» guruhida Eron safarda BAAni mag‘lub etdi. Mehdi Toremiyning yagona goli forslarga uch ochko va guruh peshqadamligini keltirdi. Guruhdagi yana bir bahsda Iroq Livan bilan durang qayd etdi. Janubiy Koreya esa Sonning goli evaziga Suriyadan ustun keldi.
«V» guruhida esa Saudiya Arabistoni Yaponiyadan ustun keldi. Firasning yagona goli saudiyaliklarga muhim g‘alabani keltirdi. Xitoy esa Vetnamga qarshi uchrashuvning 90+5-daqiqasida gol kiritib, dastlabki g‘alabasiga erishdi.
Turning so‘nggi uchrashuvida esa Avstraliya Ummondan ustun keldi – 3:1. Bu esa okeaniyaliklarga to‘plar nisbatiga ko‘ra, guruh peshqadami bo‘lib olishga zamin yaratdi.
7 oktabr (payshanba)
JCh-2022 uchinchi saralash bosqichi.
«A» guruhi. 3-tur
Iroq – Livan – 0:0
BAA – Eron – 0:1
Gol: Mehdi Toremi, 71.
Noaniq penalti: Sardor Ozmun, 88.
Janubiy Koreya – Suriya – 2:1
Gollar: Xvan In Bom 48, Son Hyon Min 89 – Omar Harbin, 84.
«A» guruhidagi vaziyat:

«V» guruhi. 3-tur
Saudiya Arabistoni – Yaponiya – 1:0
Gol: Firas Al-Birakan, 72.
Xitoy – Vetnam – 3:2
Gollar: Chjan 53, U Ley 76, 90+5 – Tan Tai Ho 81, Nguyen Lin 90.
Avstraliya – Ummon 3:1
Gollar: Mabil 9, Boyl 49, Dyuk 89 – Al Mandhar 28.
«B» guruhidagi vaziyat:

Mavzuga oid
08:39 / 30.03.2022
JCh-2022 saralashi. Peru pley-offda o‘ynaydi, Kolumbiya va Chili mundialga bormaydi, Braziliyadan 4ta gol, Argentinada durang
08:24 / 30.03.2022
Marokash Kuperning Kongosini yirik hisobda yengib, JChga chiqdi. Kamerun va Tunis ham mundialga boradi, Jazoir esa yo‘q
01:46 / 30.03.2022
Fernandeshning dubli Portugaliyaga JCh yo‘llanmasini keltirdi, Polsha Shvetsiyani mundialsiz qoldirdi
01:21 / 30.03.2022