21:07 / 12.10.2021
26157

O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston Iordaniyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston milliy jamoasi Iordaniya poytaxti Ammanda mezbonlarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Foto: O‘FA

Uch kun avval Malayziyaga qarshi yirik g‘alabali o‘yindan farqli ravishda ushbu bahsda bosh murabbiy Srechko Katanets ikki nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmadi – klubi safiga qaytgan Jaloliddin Masharipov va jarohat olgan Odilbek Hamrobekov.

O‘yinning 30-daqiqasida himoyachi Islom Qobilovning xatosidan keyin raqib qarshi hujumda hisobni ochgan bo‘lsa, 56-daqiqada jarima to‘pi uzatmasidan so‘ng farq ikkitaga yetdi. 83-daqiqaga kelib iordaniyaliklar Eldor Suyunov darvozasini uchinchi marta ishg‘ol etishdi – 3:0.

Foto: O‘FA

Ushbu mag‘lubiyat Srechko Katanets murabbiyligida o‘tgan 3-o‘yindagi ikkinchi yutqazish bo‘ldi. Bungacha milliy jamoa sentyabrda Shvetsiyaga yutqazgan (2:1), uch kun avval Malayziyani mag‘lub (5:1) etgan edi. 

Foto: O‘FA

12 oktabr (seshanba)
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
Iordaniya – O‘zbekiston – 3:0

Gollar: Faysal Baha 30, An-Nasib Abdulloh 56, Hamza Al-Dardeh 83.
Iordaniya: Yozid Abdulla, Ehson Haddad, An-Nasib Abdulloh, Yazan Al-Arab, Muhammad Ali Hashesh, Odai Sayfi, Fadel Hassan, Abdulrahmon Baha, Faysal Baha, Musa Tamari (Al-Dardeh, 60), Ali Olvan.
O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Islom Qobilov (Abdulla Abdullayev, 46) Doston Tursunov (Husniddin Aliqulov, 60), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (Farrux Sayfiyev, 60), Otabek Shukurov, Akmal Mozgovoy, Shahboz Umarov, Dostonbek Hamdamov (Azizbek Amonov, 46), Oybek Bozorov (Igor Sergeyev, 60), Eldor Shomurodov (Aziz G‘aniyev, 73)

Top