Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5ta hudud aholisi uchun bog‘cha to‘lovi 2 baravarga kamaytiriladi
Navoiy viloyatida bog‘chalar soni yetarli bo‘lmagan hududlarda 17 ta davlat bog‘chalari, 26 ta xususiy sheriklik, 466 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.
“Aholi tarqoq yashovchi, olis va tog‘li hududlar – Xatirchi, Nurota, Navbahor va Konimex tumanlarida mobil bog‘chalar faoliyatini yo‘lga qo‘yib, maktabgacha ta'lim xizmatini bepul amalga oshirishiga imkon yaratamiz.
G‘ozg‘on shahri, Tomdi, Uchquduq, Konimex va Nurota tumanlari uchun bog‘cha to‘lovi 2 baravarga kamaytiriladi. Natijada, viloyat bo‘yicha maktabgacha ta'lim qamrovi 95 foizga yetkaziladi.
Shuningdek, kelgusi besh yilda viloyatda 8 ta yangi maktab qurish, 62 tasini ta'mirlash hisobiga maktablar quvvati 22 ming o‘quvchi o‘rniga oshirilib, 182 mingga yetkaziladi.
Umuman olganda, kelgusi besh yilda Navoiy viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun davlat hisobidan 40 trillion so‘m ajratiladi va jami 180 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026