O‘zbekiston | 13:14 / 13.10.2021
3409
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): Ikkinchi o‘zani qiyalatib yo‘naltirilgan usulda burg‘ilangach, Talimarjon-1 qudug‘i 100 ming kubmetr kunlik hajmda gaz bera boshladi

Joriy yilning 13 oktyabr kuni Talimarjon konidagi 1-sonli qudug‘ida uning ikkinchi o‘zanini qiyalatib yo‘naltirilgan burg‘ilash bilan bog‘liq bo‘lgan mukammal ta'mirlash ishlaridan so‘ng quduqdan sanoat darajasidagi gaz oqimi olindi.

Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun 14 oktyabr kuni quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi.

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya qoidalari talablariga muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid