Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha bosh vaziri YeIni shantajda aybladi
Fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya Polsha Konstitutsion sudining YeI qonunlarining ayrim jihatlari mamlakat Konstitutsiyasiga zid ekani to‘g‘risidagi qaroriga nisbatan javob qaytaradi.
Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Yevroparlamentda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen bilan debat chog‘ida Yevroittifoqni shantajda aybladi. Bu haqda France 24 xabar bermoqda.
Fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa komissiyasi Polsha Konstitutsion sudining YeI qonunlarining ayrim jihatlari mamlakat Konstitutsiyasiga zid ekani to‘g‘risidagi qaroriga nisbatan javob qaytaradi. U YeI ko‘rib chiqayotgan yuridik, moliyaviy va siyosiy jazo variantlarini sanab bergan.
Moravetskiy moliyaviy jarima to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkinmasligini aytgan.
«Men YeI siyosatchilari Polshani shantaj qilishlariga yo‘l qo‘ymayman», — degan u.
7 oktyabr kuni Polsha Konstitutsion sudi YeI qonunchiligining ayrim qismlari mamlakat Konstitutsiyasidan ustun emasligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qayd etilishicha, bu qaror Varshava va Bryussel o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirib yuborgan.
Mavzuga oid
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
08:58 / 04.06.2026