Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahriga yangi imom-xatib tayinlandi

Rahmatulloh Sayfuddinov Toshkent shahrining yangi bosh imom-xatibi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rahmatulloh qori Sayfuddinov marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning shogirdlaridan biri hisoblanadi, 2011 yilda «Yil imomi» ko‘rik tanlovi Respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan.
Rahmatulloh Sayfuddinov faoliyati davomida Toshkent shahridagi «Xo‘ja Alambardor», «Minor» jome masjidi (2014-2015 yillar) imom-xatibi lavozimlarida ishlagan, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida dars bergan, 2016 yildan shu vaqtga qadar Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Bundan oldinroq, 2019 yildan buyon Toshkent shahri bosh imom-xatibi bo‘lgan Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Maskning Starlink interneti Qozog‘istonda rasman ishga tushdi
Fan-texnika | 10:22
-
Putin bilan uchrashuv Tramp uchun yon berish emas – Rubio
Jahon | 10:18
-
Erdo‘g‘anning shaxsiy ma’lumotlari hakerlar qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 09:57
-
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina «provokatsiya» uyushtirmoqchi ekanini ma’lum qildi
Jahon | 09:52