Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bulung‘urdagi nimstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi. Odamlar chiroqsiz qoldi

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Bulung‘ur tumanida joylashgan markaziy nimstansiyaning yonayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Holat bo‘yicha tuman hokimligi axborot xizmati ma'lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda Bulung‘ur tumanida joylashgan nimstansiya yonib ketgani va oqibatda tumanning bir qancha mahallalarida chiroq o‘chgani haqida xabar berildi. Tuman hokimligi axborot xizmati ma'lumotida esa nimstansiyada yong‘in bo‘lgani haqida yozilmagan, balki qisqa tutashuv bo‘lgani ma'lum qilingan.
«Bugun 2021 yil 21 oktyabr kuni kech soat 17:01 larda Bulung‘ur markaziy nimstansiyasida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Bunga sabab nimstansiyani qo‘shib-o‘chiruvchi elektr shitining tepa qismidagi choynaklarga suv kirgan.
Biroq, tutashuv sabab himoya vositasi («zashitnik»)da ham nosozlik yuzaga kelib, o‘z vaqtida ishlamay qolgan. Tutashuv natijasida tumanning Mehrjon, Istiqlol, Yangiqo‘rg‘on, Guliston, Ulug‘bek, Samarqand mahallalari hamda Do‘stlik mahallasining ayrim qismida elektr ta'minotida uzilishlar yuzaga kelgan. Nosozlik kuzatilgan «Bulung‘ur» nimstansiyasiga Magistral elektr tarmoqlari korxonasi xizmat ko‘rsatadi», deyiladi hokimlik axborot xizmatining ma'lumotida.
Qayd etilishicha, hodisa yuz bergan joyga Samarqand hududiy elektr tarmoqlari bosh muhandisi Sunnat Nomurodov boshchiligidagi tezkor («avariya») brigada yetib borgan.
«Nocozlik sabablari aniqlandi va uni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Ayni vaqtda zaruriy jihozlar Samarqand viloyatidan keltirilmoqda. Nosozlikni qisqa vaqtda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda», deyiladi ma'lumotda.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon va Armaniston tinchlik kelishuviga yaqinmi? Qanday ziddiyatlar va risklar bor?
Jahon | 21:18
-
Yoahim Lyov O‘zbekiston terma jamoasida ishlamasligini ma’lum qildi - OAV
Sport | 21:09
-
Moskvada migrantlarga taksichilik qilish taqiqlanmasligi aytildi
Jahon | 20:33
-
Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroq qilish qisman cheklandi
Jahon | 19:58
Mavzuga oid

11:21
Pop tumanidagi o‘rmonda yong‘in yuz berdi

14:06 / 12.08.2025
Toshkentning Bektemir tumanidagi ko‘pqavatli uyda yong‘in yuz berdi

20:54 / 11.08.2025
Uch qahramon bozoridagi do‘konlarning 40 foizi yonib ketgan

15:01 / 11.08.2025