Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosovoda Rossiyaning ikki diplomati persona non grata deb e'lon qilindi
Ma'lum qilinishicha, Kosovo prezidenti Vosa Osmani ichki ishlar vaziri Donik Gervall-Shvarsdan Rossiyaning ikki diplomatini persona non grata deb e'lon qilishni so‘ragan.
Qisman tan olingan Kosovo respublikasi prezidenti Vosa Osmani Rossiyaning Serbiyadagi elchixonasi Prishtina filialida faoliyat ko‘rsatuvchi ikki nafar diplomatini persona non grata deb e'lon qilinganini bildirdi. U bu haqda Facebook sahifasida yozdi.
Uning ma'lum qilishicha, Osmani bosh vazir o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Donik Gervall-Shvarsdan Rossiyaning ikki diplomatini Kosovo milliy xavfsizligi va konstitutsion tuzumiga raxna soluvchi zararli faoliyati sababli persona non grata deb e'lon qilishni so‘ragan.
«Bugun TIV rossiyalik bu ikki amaldorni istalmagan shaxs deb e'lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi va bir vaqtning o‘zida huquqni himoya qiluvchi va tegishli organlarni qaror bajarilishi borasida xabardor qildi», – deb yozdi Osmani.
Kosovo va Metoxiya avtonom o‘lkasi 2008 yilda mustaqillik e'lon qilgan, hozirda qator xalqaro tashkilotlarga a'zo bo‘lishga harakat qilmoqda.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026