887 mingdan ziyod saylovchi bu yil ilk marta ovoz beradi
Ertaga, 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston tarixidagi oltinchi prezident saylovida 887 686 nafar o‘zbekistonlik ilk marta saylash huquqidan foydalanadi.

Foto: KUN.UZ
23 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
“Saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatiga jami 19 million 859 ming 127 nafar saylovchi kiritilgan. Shulardan 9 million 459 ming 273 nafari yoki 48 foizi erkaklar, 10 million 399 ming 854 nafari yoki 52 foizi ayollar, 6 million 458 ming 283 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir.
30 yoshgacha bo‘lgan saylovchilarning 887 ming 686 nafari saylovda birinchi marta ovoz beradi. Xorijiy davlatlarda tuzilgan 54 ta saylov uchastkasidagi saylovchilar ro‘yxatiga jami 299780 nafar saylovchi kiritildi”, deya ma'lum qilgan Zayniddin Nizomxo‘jayev o‘z chiqishida.
Avvalroq MSK raisi bu yilgi prezident saylovida qatnashish uchun saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soni 21,2 million nafarni tashkil qilishini aytgandi.
Qonunchilikka ko‘ra, saylov kuniga qadar yoki saylov kunida 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari – saylovchilar hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan avvalgi prezident saylovida ro‘yxatga kiritilgan 20,4 milliondan ortiq saylovchilarning 17,9 million nafari (87,73 foizi) ishtirok etgan edi.
Saylov natijalariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevni saylovchilarning 15 million 900 mingdan ortig‘i, ya'ni 88,61 foizi yoqlab ovoz bergandi. Mirziyoyevga raqiblik qilganlardan Sarvar Otamuratov 421055 ta ovoz (2,35 foiz), Hotamjon Ketmonov 669187 ta ovoz (3,73 foiz), Narimon Umarov 619972 ta ovoz (3,46 foiz) olishga muvaffaq bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
-
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
Jahon | 21:52 / 11.05.2025
-
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
Sport | 21:21 / 11.05.2025
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025