AQSh kompaniyasi 100 mingta Tesla elektromobili sotib oladi
AQShning avtomobillarni ijaraga beruvchi Hertz kompaniyasi Tesla bilan 100 mingta elektromobil sotib olish haqida kelishuvga erishdi. Bu Tesla tarixidagi eng yirik buyurtma bo‘lib, kelishuvning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmagan. OAVning hisob-kitobiga ko‘ra, avtomobillar uchun to‘lanadigan umumiy summa 4,2 mlrd dollarga yetishi mumkin.
Kelishuvga ko‘ra, elektromobillar 2022 yil oxirigacha yetkazib berilishi kerak.
Shundan keyin Hertz’ning butun dunyo bo‘ylab yoyilgan avtoparkining 20 foizini elektromobillar tashkil qiladi. Hozirda kompaniya ijaraga beriluvchi 430-450 mingta avtomobilga ega.
Hertz AQSh va Yevropada Tesla elektrokarlarini noyabrdan boshlab ijaraga bera boshlaydi. Kompaniya, shuningdek, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari qurishini e'lon qilgan. Jumladan, 2022 yil oxirigacha bunday stansiyalar sonini 65 ta davlatda 3 mingtagacha, 2023 yil oxirigacha esa 100 ta davlatda 4 mingtagacha yetkazish rejalashtirilgan.
Ushbu yangiliklar ortida ikkala kompaniya aksiyalari ham 7 foizga oshgan. E'tiborlisi, Tesla aksiyalari narxi navbatdagi marotaba rekord qayd qilgan va bir donasi narxi 978 dollarga yetgan. Bunday ko‘rsatkichlar ortida Tesla’ning bozor qiymati 1 trln dollardan, kompaniya asoschisi Ilon Maskning boyligi esa 250 mlrd dollardan oshgan.
Tesla kapitallashuv darajasi bo‘yicha bozor yetakchilari - Apple, Microsoft kabi kompaniyalardan ortda qolmoqda. Biroq u 1 trln dollarlik kapitallashuvga eng tez erishgan kompaniyaga aylandi. 2003 yil iyulda tashkil topgan Tesla’ga buning uchun 18 yil talab etildi.
Hertz yaqinda bankrotlik jarayonidan o‘tdi: kompaniya yig‘ilib qolgan qarzlari va pandemiya ortida mashinalar ijarasiga talab pasaygani sababli 2020 yil may oyida bankrotlikdan himoyalashni so‘ragan. Natijada dunyoda mashinalarni ijaraga beruvchi eng keksa kompaniyalardan biri investitsion jamg‘armalar guruhi tomonidan sotib olingan.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
18:47 / 08.01.2025
Tramp mehmonxonasi yonida Cybertruck’ni portlatgan shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishda ChatGPT’dan foydalangan
11:39 / 08.01.2025
Shvetsiyada Tesla’ga qarshi ish tashlash sabab 100 dan ortiq zaryadlash stansiyasi elektr energiyasidan uzib qo‘yildi
23:09 / 06.01.2025
Tesla’ning Xitoydagi yangi megafabrikasi o‘z faoliyatini boshladi
23:20 / 02.01.2025