Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriya Afrikada birinchi bo‘lib raqamli valutani muomalaga kiritdi
Ma'lumot berilishicha, moliya muassasalariga 200 million elektron nayra taqdim etilgan.
Nigeriya raqamli valuta — elektron nayrani (eNaira) muomalaga kiritgan Afrikadagi birinchi mamlakat bo‘ldi, deb xabar berdi Reuters.
Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy raqamli valutadan foydalanish 10 yil davomida mamlakat YaIMni 29 milliard dollarga oshirishini aytdi.
Markaziy bank rahbari Godvin Emefilening so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi 33 bank, 2000 mijoz va 120 sotuvchi Apple va Android ilovalaridagi platformalarda ro‘yxatdan o‘tgan. Ma'lumot berilishicha, moliya muassasalariga 200 million elektron nayra taqdim etilgan.
Nigeriya 2021 yilda kriptografiyani joriy etish global indeksida yettinchi o‘rinni egallagan. Rasmiy raqamli valutalar mamlakat markaziy banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Avvalroq Salvador kriptovalutani qonuniy to‘lov vositasi sifatida tan olgan birinchi mamlakatga aylangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
08:44 / 03.01.2026
Nigeriyada YTH: Entoni Joshuaning haydovchisiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
09:54 / 22.12.2025