Kun.uz özbek xonadonlarining qadrli mehmoni – «Zakovat» teleöyini, uning muvaffaqiyati va qiyin ötgan yillari hamda joriy mavsumda prezident e'tibori sabab «qayta tuğilişi» haqida uning boşlovçisi, Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiyi Abdurasul Abdullayev bilan intervyu uyuştirdi.
— Abdurasul aka, sizni «Zakovat» intellektual öyinlarida olib boruvçi sifatida taniganmiz va ayni şu loyiha sabab siz barça özbek xonadonlarining qadrli mehmoniga aylanib qolgansiz.
Abdurasul Abdullayev «Zakovat»gaça kim edi?
— «Zakovat»gaça ham hamma qatori oddiy inson bölganman. Lekin köp kitob öqiganman.
Yoşligimda Yunusobod tumanining çekkaroq hududida uyimiz, uning hovlisida esa boğimiz bölardi. Esimda, 4–5-sinflarda öşa boğdagi uzumlarni quşlardan qöriqlab ötirardim. Bir kuni bu iş meni zeriktirdi va qölimga kitob oldim. Bu kitob Lev Tolstoyning «Anna Karenina» romani edi. Kitob 900 sahifali ekan, öqib rosti, heç narsa tuşunmaganman. Buning ustiga kitobning juda köp varaqlari tuşib qolgandi.

Keyinçalik San'at va madaniyat institutiga öqişga kirdim. Talaba bölganimda birinçi işim şu institut kutubxonasiga kirib, «Anna Karenina»ni topib öqiş bölgan. Tuşunmagan joylarimni öqituvçilardan sörab öqidim.
Xullas, mutolaa meni doim savol-javoblarga, tafakkurga röpara qilardi. Kitoblarni öqigaç, xayolimda savollar paydo bölaverardi. Nega bunday? Qanday qilib? Qaçon?..
Hozir kitobxonlik haqida köp gapirilyapti, sovğalar qöyib, kitobxonlik tanlovlari ötkazilyapti. Lekin menga qolsa, tanlovlarni umuman boşqaça şaklda ötkazgan bölardim. Çunki tanlovning hozirgi formasi haqiqiy kitobxonni aniqlaş uçun juda murakkablaştirib yuborilgan.
— Örtadagi ma'lum turğunlik, tuşkunlik va ilojsizlik davridan keyin «Zakovat» yana qaytmoqda. Unga davlat rahbari alohida e'tibor qaratilişini aytdi.
Aytingçi, siz bu intellektual öyinning boşiga qanday kelib qolgansiz?














