Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Maqsadimiz – har bir xonadonga kirib borish” – Tashkent City’da yangi formatdagi Kukmara do‘koni ochildi
25 oktyabrdan Tashkent City’da Kukmara brendining yangi formatdagi ilk do‘koni ish boshladi. Do‘kondan sevimli brendingizning istalgan turdagi buyumlarini topa olishingiz, uy bekalari uchun bir-biridan ajoyib sovg‘alar xarid qilishingiz mumkin. Kukmara sizni xursand qilishdan mamnun.
Hozirga qadar Kukmara brendi o‘zbek bozorini zabt etib, xaridorlarning ishonchiga kirdi, deb bemalol aytish mumkin. Biroq metall idishlar brendining yangi do‘koni O‘zbekistonda hozirgacha ochilgan barchasidan farq qiladi. Do‘kon shahar markazida joylashgani uchun qulay, har bir idish alohida peshtaxtalarga terilgan va sotuvchilar xaridorlarga idishlarning xususiyatlari, qulayliklari haqida yetarlicha ma'lumot berishadi.
Kukmara haqida nimalarni bilasiz?
Kompaniya o‘z faoliyatini 1950 yil Rossiyaning Kukmor qishlog‘ida alyuminiy idish-tovoqlar ishlab chiqarishdan boshlaydi. 1967 yilda esa zavod «Kukmor metall idishlar zavodi» degan nomni oladi. Hozirgi kunda Kukmar tagiga olmas qoplamali tovalar, alyuminiy chugun idishlar, sayohat uchun kerakli buyumlar, non pishirish qoliplari ishlab chiqarish buyicha nafaqat Rossiya, balki MDH va boshqa xorijiy mamlakatlarda yetakchi sanaladi.
Brend O‘zbekistonda faoliyat boshlaganiga 3 yil muddat to‘ldi. Kukmara idishlari allaqachon o‘zbekistonlik uy bekalarining ishonchini oqlab, ularning sevimli buyumlariga aylana boshladi.
Bu – boshlanishi
“Bu – boshlanishi. Rejalarimiz katta. Maqsadni ulkan qilib qo‘yganmiz: har bir o‘zbek xonadoniga Kukmara idishlari kirib borishini xohlaymiz. Yangi ochilayotgan do‘kon va brendimizning O‘zbekistondagi markaziy ofisi bu rejalarimizni amalga oshirish uchun yangi qadam bo‘ladi”, - dedi “Kukmara O‘zbekiston” kompaniyasi rahbari Ulug‘bek Abdurahmonov.
Tanlov imkoniyati kengligi va turli chegirmali kunlar
“Kukmara savdo belgisi bugungi kunda 700 turdagi idishlar ishlab chiqarmoqda. Ular orasida kuyishga qarshi qoplamali idishlar juda xaridorgir. Qoplamasiz idishlarimizning ham turli xillar mavjud. Hatto o‘choqda taom pishirishga ham moslashgan idishlarimiz bor. Uy bekalariga turli pishiriqlar pishirishga mo‘ljallangan qoliplarimiz ham juda yoqadi.
Yangi do‘konning ochilishi Kukmara idishlari allaqachon bozorlarga kirib borib, xaridorlarini topgan bo‘lsa-da, bizni tanlaganlarga ko‘proq qulaylik yaratadi. Iste'molchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, tanlov imkoniyati kattaroq, har xil bayramlarda turli chegirmalar va aksiyalar o‘tkazish orqali ham xaridorlarga qulayliklar yaratamiz”, - deydi yangi ochilgan do‘kon menejyeri Dilfuza Abdurahmonova.
Agar o‘zingiz uchun qulaylik va sifatni ma'qul ko‘rsangiz, unda siz, albatta, Kukmara’ning yangi formatdagi do‘koniga tashrif buyurib ko‘rishingiz kerak.
Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi 3A, Tashkent City IBC, Boulevard (7-blok), Kukmara do‘koni.
Reklama huquqi asosida