Ekologiya qömitasi Toşkent şahri Çilonzor tumanida sodir etilgan huquqbuzarlik haqida Kun.uz'ga xabar qildi. Biz qömita vakillari bilan birgalikda voqea joyiga bordik va 55 tup daraxt qay ahvolga solinganiga guvoh böldik.

Oqtepa çorrahasidan Farhod bozoriga olib boruvçi köçaning Kiçik halqa yöliga tutaş 500 metr qismida ajoyib manzara bor: bir neça yil avval bu köça rekonstruksiya qilinib, kengaytirilgan bölsa-da, köçaning örtasidagi daraxtlar kesilmasdan, saqlab qolingan. Ana şu 56 tup daraxt avtomobillar va piyodalar harakatiga xalal bermayotgan edi. Lekin nima uçundir bu daraxtlarning osti landşaft dizayn qilamiz, degan bahona bilan polietilen plyonka bilan yopib çiqilgan.

Tuman obodonlaştiriş boşqarmasi amalga oşirgan bu iş tabiatga nisbatan vahşiylik emasmi? Voqea joyiga borganimizda daraxtlar ostidagi jamiki tirik ösimlik, şuningdek, daraxtlar ildizi ham aeratsiya yöqligi tufayli çiriy boşlaganiga, daraxtlarning ayrimlari barglarini erta tökib yuborganiga, ayrimlari quriy boşlaganiga guvoh böldik. Ekologiya qömitasi 56ta daraxtdan 33tasida quriş alomatlari borligini aniqladi. Tafsilotlar bilan videolavhamizda tanişing.

Jarayonda Ekologiya qömitasi raisi örinbosari Islombek Boqijonov haqli savolni örtaga taşladi: “Bu daraxtlar kimgadir xalal beryaptimi, kimga kerak bölib qoldi ularni quritiş?” Öz navbatida, qömitaga bizda ham savollar bor, ular quyiroqda.

Afsuski, moratoriyni çetlab ötiş uçun biznes vakillari yoki mahalliy hokimliklar mutasaddilari turli nayranglarga qöl uryaptilar. Ayrimlar yaşnab turgan daraxtlar ular qurayotgan obektga xalal berayotgani uçun ostiga kerosin quyib, gohida ostini betonlab, havo ötmaydigan darajaga olib kelib, quritib, keyin quriganlik bahonasida kesiş uçun ruxsat olib, kesib taşlayotganlari – uçrab turgan holat.

Ekologiya inspektorlari biror obektda daraxtlar xatlovini ötkazgaç, quriliş jarayoni va quriliş yakuniga yetganidan söng daraxtlar xatlovini tekşirib, ular soni mutanosib ekaniga işonç hosil qilyaptilarmi? Qonun buziliş holatlariga köz yummayotganlariga kafolat bormi?

Biror şaxsga yer sotgan mahalliy hokimliklar hududning holatini, ekologik vaziyat va joriy etilgan taqiqlarni e'tiborga olyaptilarmi? Suv, havo, ösimlik dunyosi kabi omillarni inobatga olişyaptimi? Endilikda auksion orqali sotilayotgan yerlarda mana şu faktorlar ham inobatga olinyaptimi? Katta-katta quruvçi kompaniyalar xarid qilgan yerlarida ekonazorat ötkazib borilyaptimi? Yoki biznes egasining “oğirligi”ga qarab ayrim holatlarga köz yumilyaptimi?