Yiliga 200 million tup ko‘chat ekishni reja qilganmiz – prezident
Bundan buyon, ekologiya, daraxt ekish va parvarishlash masalalariga shahar hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari mas'ul bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektorda 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» e'lon qilinishini ma'lum qildi.
«Shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida «Yashil makon» umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlaymiz.
Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirishni reja qilganmiz.
Bunda, loyihani amalga oshirish uchun zarur tashkiliy choralar, texnikalar, irrigatsiya tarmoqlari va boshqa infratuzilma bilan ta'minlash, daraxtlarni parvarish qilish hamda moliyaviy manbalar kabi masalalar hal qilib beriladi», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ushbu umummilliy loyihani amalga oshirish bo‘yicha yangi tashkiliy tizim joriy qilinadi.
«Bunda har bir tashkilot, har bir fuqaro o‘z o‘rnini topishi kerak. Ushbu ekish ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, birinchi navbatda mavjud va yangidan barpo etiladigan yashil maydonlar hududining egasi tuman (shahar) hokimi qarori bilan belgilab beriladi.
Biriktirilgan mas'ullar mavjud daraxtlarni parvarishlash bilan birga, ushbu hududni obod holda saqlash uchun ham javob beradi.
Shu maqsadda, bugundan boshlab 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» e'lon qilinadi», degan davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23
-
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00
-
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi
Jahon | 22:55
Mavzuga oid

13:16 / 07.02.2025
Savdo va xizmatlar sektoriga ijtimoiy soliq imtiyozi uzaytiriladi, shartlar o‘zgaradi

12:35 / 07.02.2025
Prezident: Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa – ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi

10:53 / 07.02.2025
Xivaga aviareys bo‘lmagani uchun turistlar qaytib ketyapti - Shavkat Mirziyoyev

20:17 / 27.12.2024