Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Putinning Qrimga tashrifi sababli norozilik bildirdi
Rossiya prezidenti payshanba kuni Sevastopolda xalq birligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi.
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Sevastopolga tashrifi bois norozilik bildirdi.
"Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidentining 2021 yil 4 noyabr kuni Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududi – Qrim avtonom respublikasi va Sevastopol shahriga Ukraina bilan kelishilmagan navbatdagi tashrifi munosabati bilan qat'iy norozilik bildiradi", - deyiladi vazirlik bayonotida.
Putin payshanba kuni Sevastopolda xalq birligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi.
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Qrimda turli tadbirlar, harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi hamda mamlakat rahbariyatining yarimorolga tashrifiga nisbatan muntazam ravishda norozilik bildirib keladi.
2014 yil martida Qrimda referendum o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra yarimorol Rossiyaning hududiy qismiga, Sevastopol esa federal ahamiyatdagi shahriga aylangan. Bu referendum natijalarini Ukraina va xalqaro jamoatchilik tan olmaydi.
Mavzuga oid
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
13:38 / 06.07.2026
Rossiya Kiyevni yana o‘qqa tutdi – suratlar
12:11 / 06.07.2026