«Qimmatli qoğozlar bozori töğrisida»gi qonun «birja obligatsiyasi» va «çet ellik nominal saqlovçi» tuşunçalari bilan töldirildi.
Qonunning yangi 6-1-moddasiga muvofiq, birja obligatsiyalarining emissiyasi davlat röyxatidan ötkazilmasdan va qimmatli qoğozlar bozorini tartibga soliş böyiça vakolatli davlat organi bilan kelişilgan holda fond birjasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oşiriladi. Tölaş muddati 1 yildan köp bölmagan birja obligatsiyalarini joylaştiriş va ularning muomalasi fond birjalarida amalga oşiriladi. Ularni joylaştiriş faqat birja obligatsiyalarining çiqarilişini röyxatga olgan fond birjasi orqali amalga oşiriladi.
Qonunning 36-moddasi bilan çet ellik nominal saqlovçiga investitsiya vositaçisi bilan birgalikda qimmatli qoğozlarga bölgan huquqlar ham berilgan. Çet ellik nominal saqlovçi, şuningdek investitsiya vositaçisi sifatida depo hisobvaraqlarini yuritiş Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysining mutlaq funksiyalariga kiritilgan.
Qonunning 40-moddasida qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysining huquqlari belgilangan. U quyidagilarga haqli:
- Özbekiston rezidentlari tomonidan çiqarilgan va respublika hududidan taşqarida muomalada bölgan qimmatli qoğozlarga bölgan huquqlarni hisobga oliş uçun çet ellik nominal saqlovçiga hisobvaraqlar oçişga;
- emitent bilan tuziladigan şartnomaga köra daromadlarni (dividendlarni) va qimmatli qoğozlarning qiymatlarini töplaş uçun möljallangan pul mablağlarini olişga, şuningdek tegişli tölovlarni amalga oşirişga;
- qimmatli qoğozlar egalarining reyestrlarini yuritişga doir vazifalarni bajarişda investitsiya vositaçilaridan va çet ellik nominal saqlovçilardan mazkur reyestrlarni şakllantiriş uçun zarur bölgan ma'lumotlarni olişga.
Qonunda investitsiya maslahatçisi tuşunçasiga özgartiriş kiritildi. 28-moddaga muvofiq, investitsiya maslahatçisi boşqa xizmatlar bilan birga transfer-agent xizmatlarini ham körsatadi. Qonun 25-moddasi 2-qismida belgilanişiça, investitsiya maslahatçisi emitentlarga qimmatli qoğozlarga bölgan huquqlarni hisobga oliş tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qiliş, ularga işlov beriş va ularni topşiriş xizmatlarini körsatayotgan bölsa, u investitsiya vositaçisi professional faoliyatini amalga oşirişga haqli emas.













