Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan bolalar stomatologiya poliklinikalari sotuvga qo‘yiladigan bo‘ldi. Xususiylashtirish shartlarini SSV ishlab chiqadi.

Foto: Yandex-xaritalar
Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) tasarrufidagi stomatologiya poliklinikalari to‘liq xususiylashtiriladi. Bu «2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida»gi prezident farmonida belgilandi.
Farmon bilan tasdiqlangan, ommaviy savdoga chiqariladigan davlat korxonalari orasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi quyidagi stomatologiya poliklinikalari ham kiritilgan:
- Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi
- Buxoro viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya markazi
- Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi
- Jizzax viloyat stomatologiya tabobatxonasi
- Jizzax viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi
- Qashqadaryo viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi
- Namangan viloyat ixtisoslashgan bolalar stomatologiya poliklinikasi
- Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi
- Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi
- Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi
- Paxtachi tuman stomatologiya poliklinikasi
- Angren shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi
- Yangiyo‘l tuman stomatologiya poliklinikasi
- Olmaliq shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi
- Farg‘ona viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi
- Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasi
- Qo‘qon shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi
- Marg‘ilon shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi
- Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi
- Toshkent shahri 1-son, 2-son, 4-son, 5-son, 6-son, 7-son bolalar stomatologiya poliklinikalari
- Uchtepa bolalar stomatologiya poliklinikasi
- Ichki ishlar vazirligi stomatologiya poliklinikasi
- "Xalq tabobati plyus" MChJ
Ushbu poliklinikalar to‘lig‘icha xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Ularni xususiylashtirish shartlarini Sog‘liqni saqlash vazirligining taklifiga asosan davlat komissiyasi belgilaydi.
Ma’lumot uchun, prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2025 yilgi davlat dasturida, stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

16:52 / 07.05.2025
Noshaffof xususiylashtirishlar. Bu yana davom etadimi?

16:28 / 07.05.2025
Tibbiy o‘quv muassasalari bitiruvchilari va shifokorlar tayyorgarligini baholash milliy markazi tashkil etiladi

16:19 / 07.05.2025
Samaradorligi isbotlanmagan dorilar davolash protokollaridan chiqariladi

15:46 / 07.05.2025