Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Durov Telegram’dagi rasmiy reklamalarni o‘chirish pulli bo‘lishini e'lon qildi
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu funksiya unchalik qimmat bo‘lmagan obuna shaklida rasmiylashtiriladi.
Foto: Aleksey Zotov/TASS
Noyabrda Telegram’dagi rasmiy reklamalarni o‘chirishning pulli funksiyasi ishga tushadi, deb ma'lum qildi messenjer asoschisi Pavel Durov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu funksiya unchalik qimmat bo‘lmagan obuna shaklida rasmiylashtiriladi.
Durovning qayd etishicha, ayrim foydalanuvchilar o‘z kanallaridagi reklama e'lonlarini "o‘chirib qo‘yish"ni istaydi. Hozirda messenjer ma'muriyati bu opsiyaning iqtisodiy shartlarini ko‘rib chiqmoqda.
26 oktyabr kuni tarmoq asoschisi Pavel Durov endilikda o‘quvchilarga xalaqit bermaydigan ko‘rinishda reklamalar berib borilishini e'lon qilgandi.
Ma'lumot berilishicha, reklama xabarlarining uzunligi 160 ta belgidan oshmaydi, ularda fotosuratlar va boshqa saytlarga havolalar bo‘lmaydi. Reklama kanaldagi barcha yangi xabarlar ko‘rib bo‘linganidan keyin paydo bo‘ladi. 5 noyabrga o‘tar kechasi shunday reklamaning birinchisi paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:45
Rossiyada Telegram ishlashini «sekinlashtirish» boshlandi
15:21 / 27.01.2026
Telegram orqali giyohvandlik vositalari savdosi fosh etildi
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
13:35 / 19.01.2026