Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda qum bo‘roni tufayli 3 ta mashina to‘qnashdi. Bir kishi vafot etgan
2021 yil 4 noyabr kuni kuzatilgan qum bo‘roni tufayli Konimex tumanida 3 ta mashina ishtirokida inson o‘limi bilan bog‘liq avtohalokat sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, voqea 4 noyabr kuni soat 13:30larda Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1985 yilda tug‘ilgan U.T. boshqaruvidagi “Captiva”, 1962 yilda tug‘ilgan M.E. boshqaruvidagi “Nexia” hamda 1984 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi “Cobalt” mashinalari to‘qnashib ketgan. Hodisaga qum bo‘roni ko‘rinishni cheklaganligi va oraliq masofa saqlanmaganligi sabab bo‘lgan.
Oqibatda “Cobalt” rusumli avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Navoiyda “Lacetti” mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgandi.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026