20:29 / 08.11.2021
19852

Foto: Toshkent metropoliteni ish boshlaganiga 44 yil to‘ldi

Bundan 44 yil ilgari, 1977 yil 7 noyabrdan boshlab Toshkent metrosida poyezdlar qat'iy jadval asosida harakatlanishni boshlagan.

Foto: Puteshestviya plyushevogo mishki / Yandeks Dzen

Toshkent metrosining qurilishi 1971-1972 yillarda boshlangan. 1977 yilda birinchi yo‘nalish – “Chilonzor” ishga tushiriladi. Uzunligi 12,2 kilometrli, bekatlari soni 9 ta bo‘lgan mazkur liniyaning ochilishi o‘sha davr shahar aholisi uchun katta yangilik edi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan asrning 80-yillarida Toshkent aholisi 1,5 million kishidan oshgan, shaharda transport muammosi paydo bo‘lgandi. Markaziy Osiyoda birinchi bor poytaxtimizda qurilgan metropolitenning “Chilonzor” yo‘li ana shu muammo yechimlaridan biri bo‘lgan va yirik tumanni shahar markazi bilan bog‘lagan.

"Vecherniy Tashkent" gazetasining 1971 yilgi sonlaridan birida e'lon qilingan metro sxemasi
Foto: Viktor Fesenko / mytashkent.uz

Oradan ko‘p o‘tmay (1980 yilda) ushbu yo‘nalishning ikkinchi bosqichi ham foydalanishga topshirilgan.

1984 yilda metroda navbatdagi yangi yo‘nalish – “O‘zbekiston” ochilgan. Uning ikkinchi qismi esa 1992 yildan to‘liq ishga tushirilgan.

Pochta markasi, 1979 yil
Foto: Vikipediya

2001 yil oktyabr oyida “Yunusobod” yo‘nalishining birinchi uchastkasi, uzunligi 7,5 kilometr bo‘lgan oltita stansiya foydalanishga topshirildi. 2020 yilda mazkur yo‘nalishda yana ikkita bekat ochildi.

Foto: Puteshestviya plyushevogo mishki / Yandeks Dzen
Kamolon ko‘prigi
Foto: Sputnik
2020 yil 1 noyabrdan boshlab jyetonlar sotilishi to‘xtatildi.
Foto: Elke Wetzig / Vikipediya

2020 yil 30 avgust kuni yangi yerusti halqa metro yo‘nalishining birinchi bosqichi (7 ta bekat) ishga tushirildi.

Shuningdek, 2020 yil 26 dekabrda 5 ta bekatdan (6-chisi qurilishda) iborat “Sergeli” yerusti yo‘nalishi ishga tushirildi va bu “Chilonzor” metro yo‘nalishining mantiqiy davomi bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda Toshkent metrosida 5 ta yo‘nalish: “Chilonzor”, “O‘zbekiston”, “Yunusobod”, “Mustaqillikning o‘ttiz yilligi” (yerusti halqa) va “Sergeli” yerusti yo‘nalishi mavjud.

Foto: Puteshestviya plyushevogo mishki / Yandeks Dzen
Foto: Puteshestviya plyushevogo mishki / Yandeks Dzen
Foto: Puteshestviya plyushevogo mishki / Yandeks Dzen

2020 yilda metroning 14 ta yangi bekati, 20 kilometrdan ortiq yo‘llari foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunda metropoliten yo‘lining umumiy uzunligi 59,05 kilometrni, bekatlar soni 43 tani tashkil etadi.

2022 yilda uzunligi 11 kilometr bo‘lgan yana 7 ta yer usti bekat ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top