Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda bir oilaning 4 nafar a'zosi is gazidan vafot etdi
Samarqand viloyati Narpay tumanida bir oilaning 4 nafar a'zosi is gazidan vafot etgan. Bu haqda Kun.uz so‘roviga javoban viloyat prokuraturasi matbuot xizmati rahbari xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yil 22 oktabr kuni Narpay tumani Narpay mahallasida yashovchi fuqaro J.S., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandi yashash uyida tashqi tomonidan tan jarohatlarsiz topilgan.
Dastlabki tekshiruvda ularning is gazidan vafot etgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 22 oktabr kuni hodisa yuzasidan Narpay tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi «a»,«b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi tergov harakatlarni o‘tkazish uchun Narpay tuman IIBga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida 15 oktyabrdan 25 oktyabrgacha 8 kishi is gazidan vafot etgani ma'lum qilingandi. Bundan tashqari, 29 oktyabr kuni Urgut tumanida ayol va uning ikki nafar farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.
Mavzuga oid
11:09 / 02.06.2026
Samarqandda elektrosikl kanalga qulashi oqibatida 4 nafar bola halok bo‘ldi
10:17 / 19.12.2025
Navoiyda ota va o‘g‘il is gazidan vafot etdi
14:57 / 15.12.2025
Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan vafot etdi
20:38 / 11.12.2025