Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent davlat stomatologiya instituti Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirdi
9 noyabr kuni Toshkent davlat stomatologiya institutiga Privoljsk tadqiqot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti oliy ta'lim sohasida xalqaro aloqalarni yildan yilga kengaytirib bormoqda. Xalqaro oliy ta'lim muassasalari bilan ilmiy tajriba almashish, talabalar va professorlar akademik sohalarida hamkorlik katta natija beradi. Privoljsk tadqiqot universiteti bilan joriy yilda 2 ta bakalavriat yo‘nalishida, klinik ordinatura esa 5 ta yo‘nalishda qo‘shma fakultet tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda bu yo‘nalishda 104 nafar talaba tahsil olmoqda.
Delegatsiya tarkibida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Yelena Bogomolova, xalqaro ta'lim fakulteti dekani Yelena Abrosimova, dekan o‘rinbosari Farog‘at Valikulova, talabalar akademik rahbari Larisa Nikonova, klinik ordinatura akademik rahbari Yuliya Israyelyan bor.
Tashrif davomida ikki oliy o‘quv yurti rahbariyati o‘zaro muloqot qildilar. Muloqot davomida ilmiy sohada, tajriba almashish borasida, talabalarni akademik almashishda hamkorlik qilish va o‘zaro munosabatlarni kengaytirishga kelishib olindi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati Ⓣ