16:59 / 10.11.2021
7144

Zarafshon shahrida “MEYDAN”ning navbatdagi maishiy texnika savdo majmuasi ochildi

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida “MEYDAN” maishiy texnika savdo majmuasi faoliyat boshladi. Endilikda Uchquduq va Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahri aholisi maishiy texnika sotib olish uchun olis yo‘l bosib, viloyat markaziga kelishiga hojat qolmadi.

Foto: MEYDAN
Foto: MEYDAN

Majmuaning ochilish marosimida hokimlik vakillari, shahar jamoatchiligi, hudud faollari ishtirok etdi.

Foto: MEYDAN
Foto: MEYDAN
Foto: MEYDAN

“Xaridorlar savdo markazimizda 4 ming turdan ortiq bo‘lgan, xususan, har xil rusumdagi gaz plita, sovitkich, noutbuk va telefonlar, televizor kabi maishiy texnikalarni sotib olishlari mumkin. Hududda yashovchi fuqarolar oldin bitta sovitkich olish uchun Navoiy yoki Toshkent shahriga borib kelishardi. Endi ular maishiy texnikalarni bemalol shu yerda – “MEYDAN” savdo majmuasida xarid qilish imkoniga egalar. Savdo majmuamiz multibrend asosida tashkil qilingan. Xaridorlar LG, Samsung singari o‘zlari istagan brenddagi mahsulotlarni xarid qilishlari mumkin”, — deydi “MEYDAN” maishiy texnika savdo majmuasi direktori Bahodir Karimov.

Foto: MEYDAN

Tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan Zarafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Shohmirzayev “MEYDAN” maishiy texnika savdo majmuasi zarafshonliklar uchun navbatdagi qulaylik bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

“Mana bugun Zarafshon shahrida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida yana bir katta loyiha ish boshlayapti. So‘nggi yillarda Zarafshon shahrida bu sohada juda ko‘plab o‘zgarishlar bo‘lyapti. 2017 yilda shaharda bor-yo‘g‘i 3 ta bozor va savdo kompleksi bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni qariyb 10 taga yetdi. Yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkich 10 dan oshadi. Albatta, bu jarayonda tadbirkorlarimizning hissalari beqiyos. Yangicha yo‘nalishda va yangicha takliflari bilan foydalanishga topshirilayotgan maishiy texnikalar savdosi kompleksi zarafshonliklarga yanada qulaylik yaratadi”, — deydi Anvar Shohmirzayev.

Foto: MEYDAN

Zarafshondagi majmuaning faoliyat boshlashi munosabati bilan aksiya ham o‘tkazilmoqda. 15 kun davom etadigan aksiya shartlariga ko‘ra,100 ming so‘mdan ortiq savdo qilgan xaridorlar cheki ro‘yxatdan o‘tkazilib, omadli xaridorlar aniqlanadi. Aksiyada g‘olib bo‘lganlar 21 noyabr kuni o‘ynaladigan ko‘plab qimmatbaho sovg‘alardan birini qo‘lga kiritishi mumkin. Shuningdek, 3 kun davom etadigan ikkinchi aksiyada muzlatkich sotib olganlarga dazmol, gaz plita sotib olganlarga mikser apparati, kir yuvish mashinasini xarid qilgan mijozlarga dazmol taxtasi hamda noutbuk olganlarga 8 GB hajmli fleshka sovg‘a qilinadi.

Foto: MEYDAN
Foto: MEYDAN

“Biz zarafshonliklar bundan juda xursandmiz. Savdo majmuasida 4 ming turdan ziyod mahsulotlar bor ekan, tanlash imkoniyatimiz juda ham keng. Ro‘zg‘or uchun kerakli bo‘lgan jihozlarning barchasi bor, narxlari ham yaxshi. Imkoniyatlari zo‘r. Savdo majmuasining ishiga omad tilayman”, — deydi xaridor Lobar Amonova.

Foto: MEYDAN

Aytish mumkinki, “MEYDAN” maishiy texnika savdo majmuasining filiali Navoiy viloyatida hozircha faqat Zarafshon shahrida ish boshladi. Shu vaqtga qadar Toshkent, Termiz, Shahrisabz va Buxoro shaharlarida ham “MEYDAN” savdo do‘konlari tarmog‘i faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Foto: MEYDAN
Foto: MEYDAN
Foto: MEYDAN
Foto: MEYDAN
Foto: MEYDAN

“MEYDAN” maishiy texnika savdo majmuasining hududlardagi filial manzillari:

Toshkent shahri, Yunusobod tumani. Telefon: +99899 550 30 30

Termiz shahri, 5-kichik daha, 18 A manzilgoh. Mo‘ljal: Surxon sport majmuasi yoni, Yashil bozor yo‘lida. Telefon: +99893 790 5000

Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 7-A uy. Telefon: +99897 860 1111

Shahrisabz shahri, Teparlik mahallasi, Ipak yo‘li ko‘chasi 330. Telefon: +99897 701 28 12

Zarafshon shahri, 14-kichik tuman. Mo‘ljal: Gold mart savdo majmuasi Telefon: +998931730990

 

Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanal va sahifalar:

Telegram: t.me/meydangroup

Telegram: t.me/meydanbukhara

Instagram: @meydan.uz

Facebook: fb.com/Meydan.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top