Sport | 08:02 / 12.11.2021
7707
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliya Kolumbiyani mag‘lub etib, Janubiy Amerikada birinchi bo‘lib mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Janubiy Amerika mintaqasida 2022 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida 13-tur bahslari boshlandi. 

Foto: Brasil Football

Braziliya o‘z maydonida Kolumbiyani qabul qilib, Paketaning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi va KONMeBOLda birinchi bo‘lib Qatarda o‘tadigan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 34 ochkoga ega «pentakampeonlar» saralash yakuniga 5 tur qolganida 2-o‘rindagi Argentinadan 9, 5-pog‘onadagi Kolumbiyadan 18 ochkoga o‘zib ketishgan.

Shuningdek, tur doirasida Chili Paragvayni, Ekvador Venesuelani minimal hisobda yengdi. 

Peru — Boliviya (3:0) bahsi davom etmoqda. Turning so‘nggi o‘yinida 13 noyabr kuni Urugvay Argentinani qabul qiladi.

JCh-2022 saralashi. Janubiy Amerika
13-tur. 12 noyabr
Braziliya — Kolumbiya 1:0

Gol: Paketa (72). 
Braziliya – Alisson, Sandro, Danilo, Markinos, T.Silva, Kazemiro, Paketa (Fabino, 86), Fred (Vinisius, 46), Rafinya (Antoni, 64), Neymar, Gabriel Jyezus (Kunya, 64). 
Kolumbiya – Ospina, Tesilo, Moxika (Kuelyar, 55), Sanches, Kuadrado, Lerma, Barrios (Muriel, 78), Dias (Martines, 66), Moreno, Munos (Xames, 78), Sapata (Borxa, 66).

Paragvay — Chili 0:1
Gol: Silva (56, avtogol). 
Paragvay – Silva, Roxas (Eskobar, 73), Alonso, Martines, Gomes, Morel, Roxas, Almiron (Romero, 84), Vilyasanti (Romero, 64), Sanabriya (Gonsales, 64), Romero (Samudio, 73). 
Chili – Bravo, Roko, Mena (Suaso, 85), Maripan, Valdes (Alarkon, 78), Medel (Serralta, 67), Baesa, Nunes, Vidal (Vargas, 84), Brereton, Sanches.

Ekvador — Venesuela 1:0
Gol: Inkapie (41).
Ekvador – Dominges, Inkapie, Krus (Arboleda, 86), Kastilo, Torres, Grueso, Presiado (Koroso, 64), Plata (Roxas, 86), Kaysedo, Reaskos (Kaysedo, 64), Sarmiyento (Franko, 76). 
Venesuela – Romo, Karrilo, Rosales (Vargas, 81), Ferraresi, Urtado (Savarino, 65), Machis (Gonsales, 88), Martines (Moreno, 65), Martines, Rinkon, Osorio, Ramires (Urtado, 46).

Foto: Brasil Football
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid