Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2022 saralashi. Portugaliya durang o‘ynadi, Ispaniyada g‘alaba. Germaniya 9ta, Xorvatiya 7ta, Rossiya 6ta gol urdi
Yevropa qit'asida 2022 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
A guruhida Portugaliya Irlandiyada durang o‘ynab, 17 ochko bilan o‘z guruhida peshqadamga aylanib oldi. So‘nggi turda Serbiyaga (17) qarshi bahsdagi durang ham to‘plar nisbatida yaxshiroq ko‘rsatkichga ega portugallarni mundialga olib chiqadi.
V guruhida peshqadam Shvetsiya (15) kutilmaganda Gruziyada yutqazib qo‘ydi. Bundan foydalangan Ispaniya Gretsiyada minimal hisobda g‘alaba qozonib, 16 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarildi. «Qizil furiya» oxirgi turda Shvetsiyaga qarshi o‘yinda to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma masalasini hal qiladi.
N guruhi Rossiya (22) Kiprga javobsiz 6ta gol urgan bo‘lsa, Xorvatiya (20) Maltaga 7ta to‘p kiritdi. So‘nggi turda ikki jamoaning Xorvatiyadagi to‘qnashuvida JCh yo‘llanmasi o‘ynaladi.
J guruhida muddatidan avval mundialga yo‘l olgan Germaniya Lixtenshteynga javobsiz 9ta to‘p kiritdi.
JCh-2022 saralashi. Yevropa. 9-tur
A guruhi
Irlandiya — Portugaliya 0:0
Irlandiya – Bazunu, Stivens (Makkleyn, 78), Daffi, Igan, Doerti, Makgret (Ayda, 61), Hendrik (Huriheyn, 78), Ogbene (Kin, 90+1), Kallen, Koulmen, Robinson.
Portugaliya – Patrisiu, Semedu, Dalot, Pepe, Mateush (Moutino, 57), Danilu, Palinya, Fernandesh (Sanshesh, 75), Gedesh (Leau 57, Fonte 83), A.Silva (Felish, 75), Ronaldu.
Chetlatish: Pepe (82).
Ozarboyjon — Lyuksemburg 1:3
Gollar: Salahli (83) — Rodriges (67, 90+1), Till (82).
V guruhi
Gretsiya — Ispaniya 0:1
Gol: Sarabiya (26, penalti).
Gretsiya – Vlaxodimos, Tsimikas, Gutas, Yannulis (Limnios, 67), Andrutsos, Buxalakis (Pelkas, 78), Mantalos, Masuras (Tsolis, 46), Siopis, Tsavelas, Pavlidis (Duvikas, 46).
Ispaniya – Simon, Gayya, Karvaxal, Laport, Martines (Aspilikueta, 89), Gavi (Buskets, 65), Rodri, Koke, Sarabiya (Olmo, 57), Morata (Fornals, 65), de Tomas (Rodrigo, 57).
Gruziya — Shvetsiya 2:0
Gollar: Kvaratsxeliya (61, 78).
Gruziya – Loriya, Xocholava, Kashiya, Kakabadze, Azarov, Tsitaishvili (Davitashvili, 70), Gviliya, Kvaratsxeliya (Kazaishvili, 80), Lobjanidze (Chabradze, 81), Okriashvili (Volkov, 70), Kvekveskiri (Aburjaniya, 90).
Shvetsiya – Olsen, Nilsson, Lindelyof, Augustinsson, Kraft, Forsberg, Olsson, Svanberg (Kvayson, 78), Klasson (Kulusevski, 74), Isak (Karlsson, 87), Ibrahimovich.
N guruhi
Rossiya — Kipr 6:0
Gollar: Yeroxin (4, 87), Smolov (55), Mostovoy (56), Sutormin (62), Zabolotniy (82).
Rossiya – Safonov, Terexov, Diveyev (Chistyakov, 67), Osipenko, Sutormin, Golovin (Zobnin, 57), Yeroxin, Mostovoy (Ionov, 72), Fomin (Glebov, 67), Miranchuk, Smolov (Zabolotniy, 57).
Malta — Xorvatiya 1:7
Gollar: Brozovich (31, avtogol) — Perishich (6), Chaleta-Tsar (22), Pashalich (39), Modrich (45+1), Mayer (47, 64), Kramarich (53).
Xorvatiya – Grbich, Gvardiol, Yuranovich, Chaleta-Tsar, Sosa, Brozovich (Yakich, 46), Pashalich (Livaya, 62), Mayer, Modrich (Vlashich, 54), Perishich (Orshich, 54), Kramarich (Petkovich, 54).
Slovakiya — Sloveniya 2:2
Gollar: Duda (58, penalti), Strelets (74) — Zayts (18), Mevlya (62).
J guruhi
Germaniya — Lixtenshteyn 9:0
Gollar: Gundo‘g‘an (11, penalti), Kaufmann (20, avtogol), Sane (22, 49), Roys (23), Myuller (76, 86), Baku (80), Goppel (89, avtogol).
Germaniya – Noyyer, Ryudiger, Kerer (Ginter, 72), Gyunter, Baku, Sane (Folland, 64), Gundo‘g‘an (Arnold, 64), Roys, Goretska (Noyhaus, 46), Myuller, Hofmann (Nmecha, 46).
Chetlatish: Hofer (9).
Ruminiya — Islandiya 0:0
Armaniston — Shimoliy Makedoniya 0:5
Gollar: Traykovski (22), Bardi (36, 66 penalti, 90 penalti), Ristovski (79).
Mavzuga oid
08:39 / 30.03.2022
JCh-2022 saralashi. Peru pley-offda o‘ynaydi, Kolumbiya va Chili mundialga bormaydi, Braziliyadan 4ta gol, Argentinada durang
08:24 / 30.03.2022
Marokash Kuperning Kongosini yirik hisobda yengib, JChga chiqdi. Kamerun va Tunis ham mundialga boradi, Jazoir esa yo‘q
01:46 / 30.03.2022
Fernandeshning dubli Portugaliyaga JCh yo‘llanmasini keltirdi, Polsha Shvetsiyani mundialsiz qoldirdi
01:21 / 30.03.2022