Elektromobillar uchun alohida davlat raqami belgilari beriladi
Auksion savdolari orqali yutib olingan davlat raqami belgilari ham elektromobillar uchun alohida ishlab chiqariladi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
O‘zbekistonda elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtotransport vositalari (elektromobillar) uchun alohida davlat raqami belgilari ishlab chiqarildi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
IIV YHXBB bo‘linma boshlig‘i Murodbek Sherliyevning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yil 1 noyabrga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari bepul almashtirib beriladi.
Bundan tashqari, auksion savdolari orqali yutib olingan davlat raqami belgilari ham elektromobillar uchun alohida ishlab chiqarilishi ma'lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 13 avgustda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirishga hamda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi.
Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 9ta xorijiy davlatdan qiymati 10,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 558ta elektromobil import qilingan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti: 2022–2025 yillardagi taraqqiyot bosqichlari va yutuqlar sari dadil qadamlar
O‘zbekiston | 10:48
-
Kreml Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish talabiga javob qaytardi
Jahon | 11:10
-
Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:05
-
Toshkent viloyatida maxsus yuk avtomobili yonib ketdi
Jamiyat | 10:58
Mavzuga oid

12:46 / 15.02.2025
Buxoroda mashinasining davlat raqamini o‘zgartirib boshqarib yurgan haydovchi 145 marta radarga tushdi

21:38 / 10.08.2023
1 noyabrdan avtomobilga davlat raqami belgilari uchun to‘lov miqdorlari o‘zgaradi

14:01 / 12.07.2023
Jizzaxda o‘g‘irlangan davlat raqamidan foydalanib 292 ta qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi ushlandi

12:26 / 29.04.2022