Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2022 saralashi. Italiya Shveytsariya bilan durang o‘ynadi. Angliya 5ta gol urdi, Keynda het-trik
Yevropa qit'asida 2022 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida 3ta guruhda 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
S guruhi peshqadamlari bahsida Italiya (15) Shveytsariya (15) bilan durang o‘ynadi. JCh yo‘llanmasi va pley-offga yo‘l oladigan 2-o‘rin sohibi so‘nggi turda aniqlanadi. Unda Italiya safarda Shimoliy Irlandiyaga qarshi, Shveytsariya o‘z uyida Bolgariya bilan to‘qnash keladi.
F guruhida JCh yo‘llanmasini hal qilishga ulgurgan Daniya (27) 9-o‘yinda ham g‘alabaga erishdi. Shotlandiya (20) esa Moldovani yengib, 2-o‘rinni naqd qildi va pley-offda qatnashadigan bo‘ldi.
I guruhida peshqadam Angliya (23) Albaniyaga 5ta gol urib, JCh yo‘llanmasini deyarli hal qildi. Andorrani yenggan Polsha (20) kamida pley-offda o‘ynaydi. So‘nggi turda inglizlar San-Marinoga yutqazmasa, Polshaning yirik hisobdagi g‘alabasi ham jamoalarning o‘rnini o‘zgartirmaydi.
JCh-2022 saralashi. Yevropa
9-tur. 12 noyabr
S guruhi
Italiya — Shveytsariya 1:1
Gollar: Di Lorenso (36) — Vidmer (11).
Italiya – Donnarumma, Acherbi, Emerson (Kalabriya, 80), Di Lorenso, Bonuchchi, Jorjino, Barella (Kristante, 69), Keza, Lokatelli (Tonali, 58), Insine (Raspadori, 79), Belotti (Berardi, 58).
Shveytsariya – Zommer, Vidmer, Rodriges (Garsiya, 69), Sher, Akanji, Shakiri (Sou, 80), Shteffen (Imeri, 69), Vargas (Zekiri, 87), Froyler, Okafor (Fray, 79), Zakariya.
Shimoliy Irlandiya — Litva 1:0
Gol: Satkus (18, avtogol).
F guruhi
Daniya — Farer orollari 3:1
Gollar: Skov (18), Larsen (63), Mele (90+3) — Olsen (90).
Daniya – Shmeyxel, Mele, Ker, Larsen, Vass, Skov Olsen (Kornelius, 68), Lindstrem (Dileyni, 57), Darami (Bruun Larsen, 57), Nyorgor (Yonsson, 80), Kristensen, Poulsen (Dreyyer, 68).
Avstriya — Isroil 4:2
Gollar: Arnautovich (51, penalti), Shaub (62, 72), Zabitser (84) — Bitton (33), Perets (59).
Moldova — Shotlandiya 0:2
Gollar: Patterson (38), Adams (65).
Shotlandiya – Gordon, Patterson, Hendri, Tirni, Roberson, Makginn (Ternbull, 90), Makgregor, Armstrong (Nisbet, 76), Gilmor (Maklin, 85), Kuper, Adams (Braun, 85).
I guruhi
Angliya — Albaniya 5:0
Gollar: Maguayr (9), Keyn (18, 33, 45+2), Henderson (28).
Angliya – Pikford, Jyeyms (Aleksander-Arnold, 77), Maguayr, Uoker, Chiluell, Foden (Grilish, 63), Henderson, Sterling (Smit-Rou, 77), Fillips (Bellingem, 64), Stounz, Keyn (Abraham, 63).
Andorra — Polsha 1:4
Gollar: Vales (45) — Levandovski (5, 73), Yuzvyak (11), Milik (45+2).
Polsha – Shchensni, Glik, Ribus, Bereshinski, Yuzvyak, Frankovski (Kesh, 64), Klix (Piontek, 64), Zelinski (Shimanski, 86), Krixovyak (Linetti, 64), Levandovski, Milik (Shviderski, 77).
Vengriya — San-Marino 4:0
Gollar: Soboslai (6, 83), Gazdag (22), Vechei (88).
Mavzuga oid
08:39 / 30.03.2022
JCh-2022 saralashi. Peru pley-offda o‘ynaydi, Kolumbiya va Chili mundialga bormaydi, Braziliyadan 4ta gol, Argentinada durang
08:24 / 30.03.2022
Marokash Kuperning Kongosini yirik hisobda yengib, JChga chiqdi. Kamerun va Tunis ham mundialga boradi, Jazoir esa yo‘q
01:46 / 30.03.2022
Fernandeshning dubli Portugaliyaga JCh yo‘llanmasini keltirdi, Polsha Shvetsiyani mundialsiz qoldirdi
01:21 / 30.03.2022