Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana uch jamoa JChda, Portugaliya va Rossiya pley-offga ravona bo‘ldi
Yevropa qit'asida 4ta guruhda jahon chempionati saralashi doirasida so‘nggi tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
A guruhida Serbiya (20) 90-daqiqadagi gol evaziga safarda Portugaliyani (17) mag‘lub etib, mundialga yo‘llanma oldi. Endi portugallar pley-offda qatnashadi.
V guruhida esa Ispaniya (19) Morataning yagona goli evaziga Shvetsiyadan (15) ustun kelib, turnirning final bosqichiga chiqdi. Ibrahimovich esa jamoasi bilan pley-offda omadini sinab ko‘radi.
N guruhida Xorvatiya (23) Rossiyani (22) avtogol evaziga mag‘lub etib, 1-o‘rin bilan jahon chempionatiga yo‘l oldi.
J guruhida Muddatidan avval mundial yo‘llanmasini hal qilgan Germaniya (27) safarda Armanistondan (12) yirik hisobda ustun keldi. Shimoliy Makedoniya (18) Islandiyani (9) mag‘lub etib, 2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Ruminiya (17) guruhda 3-o‘rinda qolib ketdi.
Shu tariqa mundialda qatnashishi aniq bo‘lgan jamoalar soni 9taga yetdi — Qatar (mezbon), Germaniya, Daniya, Braziliya, Fransiya, Belgiya, Xorvatiya, Ispaniya, Serbiya.
JCh-2022 saralashi. Yevropa
10-tur. 14 noyabr
A guruhi
Portugaliya — Serbiya 1:2
Gollar: Sanshesh (2) — Tadich (33), Mitrovich (90).
Portugaliya – Patrisiu, Kanselu, Diash, Mendesh, Fonte, Moutino (Palinya, 64), Danilu (A.Silva, 90+2), Silva (Fernandesh, 64), Sanshesh (Nevesh, 84), Jota (Felish, 84), Ronaldu.
Serbiya – Raykovich, Milenkovich, Pavlovich, Velkovich (Spaich, 65), Lukich, Kostich (Yovich, 89), Milinkovich-Savich, Jiveovich (Radonich, 69), Gudel (Mitrovich, 46), Tadich, Vlahovich.
Lyuksemburg — Irlandiya 0:3
Gollar: Daffi (67), Ogbene (75), Robinson (88).
V guruhi
Ispaniya — Shvetsiya 1:0
Gol: Morata (86).
Ispaniya – Simon, Torres, Alba, Aspilikueta, Laport, Buskets, Soler (Merino, 73), Olmo (Rodri, 89), Gavi (Mendes, 89), Sarabiya (Morata, 59), de Tomas (Rodrigo, 59).
Shvetsiya – Olsen, Lindelyof, Augustinsson, Nilsson, Kraft (Olsson, 85), Kulusevski (Kuayson, 63), Ekdal, Forsberg (Svanberg, 63), Olsson, Klasson, Isak (Ibrahimovich, 73).
Gretsiya — Kosovo 1:1
Gollar: Masuras (44) — Rahmani (76).
N guruhi
Xorvatiya — Rossiya 1:0
Gol: Kudryashov (81, avtogol).
Xorvatiya – Grbich, Lovren, Yuranovich (Brekalo, 75), Gvardiol, Sosa, Brozovich, Modrich, Perishich, Pashalich (Livaya, 75), Vlashich (Petkovich, 58), Kramarich (Stanishich, 86).
Rossiya – Safonov, Kudryashov, Jikiya, Diveyev, Karavayev, Fomin (Glebov, 80), Barinov, Bakayev (Mostovoy, 78), Golovin (Chistyakov, 57), Ionov (Zobnin, 57), Smolov (Zabolotniy, 57).
Sloveniya — Kipr 2:1
Gollar: Zayts (28), Gnezda (84) — Kakulis (89).
Malta — Slovakiya 0:6
Gollar: Rusnak (6, 16), Duda (8, 69, 80), de Marko (72).
J guruhi
Armaniston — Germaniya 1:4
Gollar: Mxitaryan (59, penalti) — Havers (15), Gundo‘g‘an (45+4 penalti, 50), Hofmann (60).
Germaniya – ter Stegen, Kerer, Ta, Ginter, Raum, Haverts, Hofmann (Baku, 84), Sane (Brandt, 60), Gundo‘g‘an (Arnold, 60), Myuller (Nmecha, 60), Noyhaus (Folland, 73).
Shimoliy Makedoniya — Islandiya 3:1
Gollar: Alioski (7), Elmaz (65, 87) — Torsteynsson (54).
Shimoliy Makedoniya – Dimitriyevski, Velkoski, Ristovski (Zaykov, 89), Musliu, Alioski, Bardi, Churlinov (Ashkovski, 63), Kostadinov, Elmaz, Traykovski (Spirovski, 78), Ristovski (Miovski, 77).
Islandiya – Olafsson, Sayvarsson, Gretarsson, Byarnason, Torarinsson (Traundarson, 86), Tourdarson (Helgason, 72), Yohannesson, Gudmundsson (Ellersson, 86), Byarnason, Torsteynsson (Traustason, 78), Gudonsen (Gudonsen, 72).
Chetlatish: Yohanesson (79).
Lixtenshteyn — Ruminiya 0:2
Gollar: Man (8), Banku (87).
Amalga oshirilmagan penalti: Stanchu (35).
Ruminiya – Nitse, Burke, Banku, Rus, Manya, Nedelku, Morutsan (Chikildeu, 73), Stanchu (Maksim, 63), Man (Haji, 74), Pushkash (Alibek, 64), Ivan (Sali, 82).
Mavzuga oid
08:39 / 30.03.2022
JCh-2022 saralashi. Peru pley-offda o‘ynaydi, Kolumbiya va Chili mundialga bormaydi, Braziliyadan 4ta gol, Argentinada durang
08:24 / 30.03.2022
Marokash Kuperning Kongosini yirik hisobda yengib, JChga chiqdi. Kamerun va Tunis ham mundialga boradi, Jazoir esa yo‘q
01:46 / 30.03.2022
Fernandeshning dubli Portugaliyaga JCh yo‘llanmasini keltirdi, Polsha Shvetsiyani mundialsiz qoldirdi
01:21 / 30.03.2022