Rustam Inoyatov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi
Prezident Baxtiyor Islomovni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinladi. Bungacha ushbu lavozimda Rustam Inoyatov faoliyat olib borayotgandi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmoni bilan Baxtiyor Jahongirovich Islomov Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Baxtiyor Islomov 2020 yil noyabridan buyon prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovning birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelayotgan edi.

U muqaddam Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida sudyalik qilgan, 2020 yil noyabrigacha jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi bo‘lgan.
Ayni vaqtda Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati ro‘yxatida ham Islomov prezident maslahatchisi sifatida ko‘rsatilgan. Doniyor Qodirov uning o‘rinbosari hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 2018 yil avgustidan buyon prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida Rustam Inoyatov ishlayotgandi. U muqaddam ko‘p yillar mobaynida Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati) raisi lavozimida bo‘lgan. Uning keyingi ish joyi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

13:53 / 12.05.2023
Oliy sud raisi so‘zida turdi: apellyatsiya sudi Jizzaxdan Toshkent viloyatiga o‘tkazildi

20:14 / 30.11.2022
“Hech qanaqa tayyorgarliksiz kelib, shu yerda o‘qib oladi” - Oliy sud raisi prokurorlarni tanqid qildi

09:18 / 11.08.2022
Sardor Umrzoqov: «Sud organlariga nisbatan aholi e’tirozlari haddan ziyod ko‘payib ketgandi»

14:48 / 10.08.2022