Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘ra Bobolov ikkita tuman hokimiga intizomiy jazo qo‘lladi
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ikkita tuman hokimiga intizomiy jazo qo‘llagan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun 2021 yil 15 noyabr kuni viloyat hokimligida videoselektor tarzida navbatdagi Hokimlik soati yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, hokimlik apparati mas'ul xodimlari, shahar, tumanlar hokimlari, sektorlar, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan.
Yig‘ilishda ba'zi tumanlar hokimliklari tomonidan prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi qayd etilgan.
Xususan, 2020 yilda Angor va Sho‘rchi tumanlarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun mazkur tumanlar hokimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Ularga Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-qismiga asosan, o‘rtacha oylik ish haqining o‘n foizi miqdorida jarima jazosi belgilangan.
Mavzuga oid
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
08:51 / 03.06.2026
Surxondaryoda suv omborida qayiq ag‘darilishi oqibatida bir fuqaro cho‘kib ketdi
11:00 / 15.05.2026