04:18 / 16.11.2021
7140

Angliya va Shveytsariya jahon chempionatiga chiqdi, Italiya pley-offda o‘ynaydi

Foto: Reuters

Yevropa qit'asida yana ikki guruhda 2022 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 

S guruhida shu vaqtga yetakchi bo‘lib turgan Italiya (16) Shimoliy Irlandiyani (9) mag‘lub etolmay, saralashni 2-o‘rinda yakunlagan holda pley-offga yo‘l oldi. Shveytsariya (18) Bolgariyani (8) tor-mor etib, peshqam sifatida turnirning final bosqichiga chiqdi. 

I guruhida Angliya San-Marinoga javobsiz 10ta to‘p kiritib, 26 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi va JCh yo‘llanmasini rasmiylashtirdi. Ushbu bahsda Keyn pokerga erishdi. 2-o‘rinda qolgan Polsha (20) yurishini pley-offda davom ettiradi.

F guruhida yo‘qotishsiz borayotgan va mundialga chiqib bo‘lgan Daniya (27) mehmonda 2-o‘rindagi Shotlandiyaga (23) imkoniyatni boy berdi.

Bugungi o‘yinlardan so‘ng JChda qatnashishi aniq bo‘lgan jamoalar soni 11taga yetdi — Qatar (mezbon), Germaniya, Daniya, Braziliya, Fransiya, Belgiya, Xorvatiya, Ispaniya, Serbiya, Angliya va Shveytsariya.

JCh-2022 saralashi. Yevropa
10-tur. 15 noyabr

S guruhi
Shimoliy Irlandiya — Italiya 0:0

Shimoliy Irlandiya – Pikok-Farrell, Evans, Flenagan, Ketkart, Lyuis, Sevill (Evans, 72), Dallas, Makkenn, Devis, Uayt (Uoshington, 72), Majyennis. 
Italiya – Donnarumma, Emerson (Skamakka, 80), Di Lorenso, Acherbi, Bonuchchi, Berardi, Jorjino (Lokatelli, 68), Keza, Barella (Belotti, 64), Insine (Bernardeski, 68), Tonali (Kristante, 46).

Shveytsariya — Bolgariya 4:0
Gollar:
Okafor (48), Vargas (57), Itten (72), Froyler (90+1). 
Shveytsariya – Zommer, Sher (Sou, 90), Vidmer, Mbabu, Fray, Shakiri (Ebisher, 90), Zakariya, Vargas (Zekiri, 79), Froyler, Okafor (Shteffen, 68), Gavranovich (Itten, 68). 

F guruhi
Shotlandiya — Daniya 2:0

Gollar: Suttar (35), Adams (86). 
Shotlandiya – Gordon, O’Donnell, Tirni (Ralston, 87), Kuper, Roberson (Makkenna, 79), Makginn, Gilmor (Maklin, 74), Kristi (Armstrong, 80), Makgregor, Suttar, Adams. 
Daniya – Shmeyxel, Kristensen, Vestergor, Mele, Vass (Dreyyer, 81), Bruun Larsen (Sisto, 56), Yonsson (Stage, 56), Kristensen (Ba, 81), Olsen, Ker, Kornelius (Ure, 72).

Avstriya — Moldova 4:1
Gollar:
Arnautovich (4, 55 penalti), Trimmel (22), Lyubichich (83) — Nikolayesku (60). 

Isroil — Farer orollari 3:2
Gollar:
Dabbur (30, penalti), Vaysman (58), Perets (75) — Vatnhamar (62), Olsen (72). 

I guruhi
San-Marino — Angliya 0:10
Gollar:
Maguayr (6), Fabri (15, avtogol), Keyn (27 penalti, 32, 39 penalti, 42), Smit-Rou (58), Mingz (69), Abraham (78), Saka (79).
Angliya – Remsdeyl, Maguayr (Chiluell, 46), Mingz, Koudi, Aleksander-Arnold, Foden (Abraham, 46), Fillips (Gallaher, 46), Smit-Rou (Stounz, 73), Bellingem, Saka, Keyn (Jyeyms, 63).
Chetlatish: Rossi (68).

Polsha — Vengriya 1:2
Gollar:
Shviderski (61) — Shafer (37), Gazdag (80). 
Polsha – Shchensni, Puxach (Plaxeta, 83), Davidovich, Bednarek, Kesh (Yuzvyak, 46), Moder (Zelinski, 46), Linetti (Frankovski, 65), Klix, Kendzera, Shviderski, Piontek (Milik, 65). 
Vengriya – Dibus, Nego, Lang, Fiola, Nad, Varga (Gazdag, 59), Shafer, Shen (Kishsh, 72), Nad (Vechei, 90), Salai, Salai (Xan, 89).

Albaniya — Andorra 1:0
Gol:
Chekiji (74, penalti).

Top