
Qayd etilişiça, Özbekiston va Qirğiziston energotizimlari parallel rejimda işlaydi.
“Elektrlaştiriş boşlanganda Markaziy Osiyoda rejalaştirilgan davrda mana şu ikkita energotizim bir-birining xususiyatidan, imkoniyatidan kelib çiqqan holda uyğun işlaşi va mavsumiy nuqtayi nazaridan bir-birini qöllab-quvvatlab turişi rejalaştirilgan. Ming afsuski, keyin mana şu iş tizimi buzilib ketgan edi. Oxirgi 3-4 yilda qöşni mamlakatlarimiz energiya tizimlari bilan hamkorligimiz yanada kuçayib, eng yaxşi rejimlarda işlaganidek munosabatlarga qaytib keldik”, deydi vazir örinbosari.
Ma’lum qilinişiça, Qirğiziston energiya tizimida elektr energiyasini işlab çiqariş asosan suv resurslariga boğliq. Suv resurslariga boğliqligini Özbekistonga ham salbiy, ham ijobiy ta’siri bor.
“Kuz-qiş mavsumida, Qirğizistonda energiyaga bölgan talab ortgan davrda agar ular elektr energiyasini köproq işlab çiqarib “Toqtogul” suv omboridan suvni köproq çiqarib yuborişsa, keyingi yil bahor-yoz oylarida mana şu suv hajmini töldirişga majbur bölişadi va yozda suv çiqariş miqdorini keskin kamaytirişga majbur bölişadi.
Albatta, bu bizning Farğona, Andijon, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari qişloq xöjaligiga özini salbiy ta’sirini körsatadi. Şuning uçun juda uzoq vaqt mobaynida mana özaro mavsumiy energiya almaşinuvi yölga qöyilgan edi. Gidroresurslardan foydalaniş – köproq yoz oylarida, issiqlik elektr stansiyalaridan foydalaniş – köproq qiş oylarida.
Bu yerda yana bir ahamiyatli jihati şundaki, bizdagi kuzatilayotgan suv tanqisligi Qirğizistonda kuzatilayotgan suv tanqisligidan bir munça yumşoqroq. U yerdagi suv tanqisligi juda ham yuqori nuqtaga yetib keldi. Ya’ni, “Toqtogul” suv omboridan suv çiqariş rejimi normal ravişda amalga oşiriladigan bölsa, bahor oyiga kelib suv ombori töliq böşab qoliş ehtimoli mavjud.
Şuning uçun biz joriy yil boşida Qirğiziston energetiklari bilan özaro 3 yillik hamkorlik dasturini işlab çiqib, tasdiqlaganmiz. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan. Şunga köra, mavsumiy energiya almaşinuvi yölga qöyilgan. Bahorda va kuzda elektr energiyasini biz ularga yetkazib beramiz, ular esa bizga yozda qaytarib berişadi. Natijada, bizning qişloq xöjaligimiz köproq suvga ega böladi va aksinça ularning suv omborlarida qiş oylari uçun köproq suvni saqlaş imkoniyatlari yuzaga keladi”, dedi Şerzod Xöjayev.
















