Özbekistonning yangi tayinlangan elçisi Saidikrom Niyozxöjayev Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovga işonç yorliqlarini topşirdi, deb xabar beradi «Kabar» agentligi.

Qayd etilişiça, 17 dekabrda bölib ötgan marosimda Sadir Japarov Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasidan mamnunligini bildirgan va bu aloqalar turli sohalarda barqaror rivojlaniş dinamikasini namoyon etayotganini ta’kidlagan.

Prezident Sadir Japarov joriy yilning iyul oyida Özbekistonga davlat taşrifi çoğida erişilgan barça kelişuvlar, jumladan, Oliy davlatlararo kengaşning taşkil etilişi har tomonlama strategik şeriklikni yanada rivojlantirişga xizmat qilişiga işonç bildirgan.

Iqtisodiy hamkorlik doirasida Qirğiziston prezidenti özaro tovar ayirboşlaş hajmining ösişi, tovarlar turi köpayib, eksport-import aloqalari mustahkamlanayotganini qayd etgan. Qöşma korxonalar taşkil etiş, yirik investitsiyaviy loyihalarni, jumladan, energetika va transport sohalarida amalga oşirişning muhimligi ta’kidlangan.

Öz navbatida, elçi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tabrik va ezgu tilaklarini yetkazgan.

Saidikrom Niyozxöjayev Bişkekka tayinlanişidan oldin, 2018 yildan buyon Özbekistonning Qozoğistondagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimida işlab kelayotgan edi. Diplomat 2024 yil avgust oyida amalga oşirilgan işlari va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaşga qöşgan katta hissasi uçun Qozoğiston prezidentining farmoni bilan II darajali «Dostyq» ordeni bilan taqdirlangan.

Avvalroq Sadir Japarov Duyşonkul Çotonovni Qirğizistonning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlagani töğrisida xabar berilgandi.