Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga «Dank» ordenini topshirdi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Qirg‘izistonning «Dank» (Sharaf) ordeni bilan mukofotlandi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Qirg‘iziston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan. Mukofotlanganlar orasida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ham bor.
Mukofotni Farg‘ona hokimiga shaxsan prezident Sadir Japarov topshirdi.
U Farg‘ona va Botken viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlar rivojiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti unvoni bilan taqdirlagandi. Undan oldinroq esa Qirg‘iziston milliy filarmoniyasi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori Nur Omurbayevga O‘zbekiston xalq artisti faxriy unvoni, Qirg‘izistondagi erkin ijodkor, komuz sozandasi Duyshenbek uulu Zakirbekka O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist faxriy unvoni berilgan edi.
Mavzuga oid
20:14 / 29.06.2026
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlarga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026