O‘zbekiston | 10:37 / 17.11.2021
4178
5 daqiqa o‘qiladi

Qandli diabet bu chorasizlik emas: ushbu xastalikka chalinganlar uchun konsert tadbiri o‘tkazildi

Samarqand shahrida Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filiali, Endokrinologiya kafedrasi va “Umid D” xayriya jamg‘armasi hamkorligida qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun “Uch avlod uchrashuvi” konsert dasturi tashkil qilindi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

Tadbirda Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev va viloyat bosh endokrinologi, endokrinologiya kafedrasi mudiri Gulzoda Negmatova ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkin, 1921 yilda bir guruh kanadalik olimlar insulin molekulasini kashf etishgan va bu kashfiyot natijasida, qandli diabetni davolashning yangi usuliga asos solingan. Bu davo usuli minglab bemorlarning hayotini saqlab qoldi.Insonlarhayotini saqlab qolishga qodir bu kashfiyot onkologik kasalliklarni davolashdagi antibiotiklarni kashf qilish bilan bir qatorga qo‘yildi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

1991 yilda Xalqaro diabet federatsiyasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan butun dunyoda diabet kasalligining oshib borayotgani sababli 14 noyabr “Diabetga qarshi kurash kuni” sifatida e'lon qilindi. 2006 yilda O‘zbekiston BMTning qandli diabet bo‘yicha konvensiyasiga a'zo bo‘ldi va “Noyabr – diabetga qarshi kurash” oyligi deb e'lon qilindi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

Hozirgi kunda viloyatda jami aholi o‘rtasida qandli diabet bilan nazoratda turganlar soni 32768 nafarni tashkil qiladi. Shundan qandli diabetning birinchi turi bilan 1534, ikkinchi turi bilan 31234 kishi og‘rigan va 346 nafar bola ham ushbu kasallikka chalingan. 2738 nafar fuqaroda yangi holat aniqlangan.

“1980 yildan beri dunyoda qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarning umumiy soni 5 barobar oshdi. 2018 yildagi ma'lumotlarga ko‘ra, 422 million kishi ushbu kasallikdan aziyat chekmoqda, bu Yer yuzidagi aholining deyarli 10 foizini tashkil qiladi. Kasallik sonining ko‘payishiga asosiy sabab, aholi turmush tarzining o‘zgarishi (jismoniy harakatsizlik, noto‘g‘ri ovqatlanish, chekish va spirtli ichimlik iste'mol qilish). Agar hozirgi holat saqlanib qolsa, 2030 yilga borib kasallanishlar soni ikki baravar ko‘payadi va yer yuzidagi umumiy aholining 20 foizini tashkil qiladi, deb taxmin qilinadi. Qandli diabetning oldini olish va profilaktikasi uchun avvalo, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish talab etiladi. Ayniqsa, ortiqcha tana vazniga ega, nasliy moyilligi bo‘lgan insonlar doimiy jismoniy harakatda bo‘lishlari, parhezga qat'iy amal qilishlari va har olti oyda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari tavsiya qilinadi” deydi tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Nazira Karimova.

Noyabr oyida bir qancha tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, «Umid-D» viloyat qandli diabet bemorlari va nogironlariga yordam beruvchi xayriya markazi o‘zining 25 yilligini nishonlamoqda. «Umid-D» xayriyamarkazi 1996 yilda Samarqand viloyat endokrinologiya dispanserivrachlari, qandli diabeti bor bolalarningota-onalari bilan birgalikda tashkil etilgan bo‘lib, 25 yil davomida qandli diabeti bor bemorlarga amaliy yordam berib kelmoqda. Bugunga kelib Samarqand viloyat endokrinologiya dispanseri Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filiali nomini oldi. Markazda umumiy endokrinologiya, diabetologiya, tireoidologiya, diabetik to‘piq, bolalar reanimatsiyasi, laboratoriya dispanser bo‘limlari, shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot instituti endokrinologiya kafedrasi faoliyat olib bormoqda.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

Qandli diabet bilan og‘rigan bolalarga tibbiy muassasalar, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filiali tomonidan muntazam ko‘mak berib kelinmoqda. Jumladan, bemorlar yil davomida bepul insulin analoglari levemir, novorapid, apidra, lantus kabi dori vositalari bilan ta'minlanmoqda. Yil davomida filialda statsionar sharoitda 2998 nafar bemor davolanib chiqdi. 

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

Tadbir so‘ngida ko‘rishda muammosi bo‘lgan bemorlar ko‘rigi tashkil etilib, ularga ko‘zoynaklar, qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan bemorlarga qand miqdorini tushiruvchi va gipotenziv dori vositalari bepul tarqatildi. Bolajonlarga sovg‘alar ulashildi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati Ⓣ

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid