O‘zbekiston | 19:57 / 23.11.2021
1741
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda yer olib berishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan qashqadaryolik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: KUN.UZ

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yer olib berishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan qashqadaryolik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 9 oktabr kuni, Uzun tuman Oqostona mahallasida yashovchi shaxs Sh.Sharof tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida 2019 yilda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi R.Rashid, tumanning Tomchi mahallasi hududidan yer maydoni olib berishini aytib, 3 ming AQSh dollari va 20 million so‘m pulini olib, o‘zlashtirib ketganini bildirgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 5 noyabr kuni R.Rashidga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid