Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada koronavirusga qarshi kurash doirasida cheklov choralari kuchaytirildi
Jamoat joylarida niqob taqish rejimi qaytmoqda. Restoran va teatrlarda ilgari vaksina olganlar ham niqob taqishi majburiy etib belgilandi.
Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran koronavirus yuqtirish holatlari o‘sayotgani sababli yangi cheklov choralarini e'lon qildi.
Jumladan, ilgari manfiy PZR-test natijasi bilan jamoat joylariga 72 soat ichida borish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bu muddat 24 soatgacha qisqartirildi.
Shu bilan birga, jamoat joylarida niqob taqish rejimi qaytmoqda. Restoran va teatrlarda ilgari vaksina olganlar ham niqob taqishi majburiy etib belgilandi.
Veran hukumat komendantlik soati yoki korxonalarni majburan yopish kabi choralar joriy etilmasligini bildirdi.
O‘tgan sutkada Fransiyada 32 591ta koronavirus yuqtirish holati aniqlangan. Bu apreldan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
So‘nggi ikki haftada Avstriya, Slovakiya, Niderlandiyada yangi cheklov choralari joriy etildi.
Mavzuga oid
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026