O‘zbekiston | 21:58 / 26.11.2021
49759
1 daqiqa o‘qiladi

Turin politexnika universiteti oldidagi mushtlashuvda talaba halok bo‘ldi

Toshkent shahrida 25 noyabr kuni Turin politexnika universiteti darvozasi yonida 18 yoshli ikki yigit o‘rtasidagi janjal oqibatida bir talaba halok bo‘ldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, soat 13:00 atrofida universitet darvozasi oldida bir necha yosh yigitlar uchrashgan. Kelishmovchilik oqibatida 18 yoshli A.R. (talaba emas) 18 yoshli Sh.R.ning (shu universitet talabasi) yuziga musht tushirgan. Zarba tufayli u yerga yiqilgan va olgan shikastlari oqibatida halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Gumonlanuvchi qo‘lga olingan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid