Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Kamaz va Gentra to‘qnashdi. Ikki kishi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida “Kamaz” yuk mashinasi va Gentra to‘qnashgan. Oqibatda ikki kishi vafot etgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun 2021 yil 27 noyabr kuni soat 14:30 larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Dehqonobod tumani Bibiqorasoch mahallasi hududidan o‘tgan 1269-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Kitob tumanida yashovchi haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Gentra G‘uzor—Termiz yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotib o‘zidan oldinda bo‘lgan avtobusni quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. So‘ng, ro‘paradan kelayotgan Dehqonobod tumani Otqamar mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan “Kamaz" yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, Gentra yo‘lovchilari J.P. va Z.P. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Haydovchi va yana bir yo‘lovchi tan jarohatlari olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgach, yashash uyiga javob berilgan.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026