Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqaro Mercedes Benz S500 avtomobilini Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qildi
Fuqaro Latipova Ziyoda Bahromovna o‘ziga tegishli Mercedes-Benz S500 Hybrid rusumli avtomobilni Toshkent shahar hokimligiga beg‘araz taqdim etdi.
Foto: Electric Vehicle Web
Shahar hokimining 30 noyabrdagi qarori bilan fuqaroning taklifi ma'qullandi va avtomobil hokimlik balansiga qabul qilindi. E-qaror platformasiga joylangan hujjatga Telegram'dagi “Hokim qarori” kanali e'tibor qaratdi.
Qarorda avtomobil qora rangda ekani, “01 M 798 HM” davlat raqam belgisiga egaligi qayd etilgan; ishlab chiqarilgan yiliga aniqlik kiritilmagan.
Ham benzin, ham elektr zaryadida harakatlanuvchi Mercedes-Benz S500 gibrid modeli 2014 yildan sotuvga chiqqan.
Avtoelon.uz saytiga 30 noyabr kuni joylangan e'londa 2021 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz S 500 rusumli avtomobil 223 ming yevroga narxlangan. E'lon muallifi o‘zini Mercedes-Benz'ning rasmiy dileri deb tanishtirgan.
- Poytaxt hokimining qaroriga asosan, hokimlikning ishlar boshqarmasiga mashinani texnik ko‘rikdan o‘tkazib, undan samarali foydalanish choralarini ko‘rish topshirilgan.
- Shahar moliya boshqarmasiga bu avtomobilni saqlash xarajatlarini 2022 yilgi mahalliy budjetga kiritish vazifasi yuklatilgan.
Mavzuga oid
12:35 / 20.12.2025
Toshkent bosh rejasini o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda – qurilish vaziri
11:08 / 19.12.2025
O‘zbekistonda eko-stikerlar: kimlarga shart emas va qanday olinadi?
13:59 / 18.12.2025
Toshkent shahriga kirish joylarida avtoturargohlar quriladi
12:53 / 18.12.2025