O‘zbekiston | 09:00 / 01.12.2021
4011
2 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): Uzunligi 110 km bo‘lgan Chigil-Muborak gaz uzatish infratuzilmasini qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda

Foto: Epsilon

Uglevodorodlar qazib chiqarish hajmlarining ortib borishi gaz uzatish quvvatlariga yuklamalarni ko‘paytirib, past bosimli konlardan olinayotgan tabiiy gaz yetkazib berilishini murakkablashtirmoqda.

Shu bois, jami qazib chiqarilayotgan gaz hajmini to‘lig‘icha yetkazib berish maqsadida quyidagi yangi infratuzilma obektlarini qurish ishlari olib borilmoqda:

  • Chigil YPdan MGQIZgacha bo‘lgan oraliqda, uzunligi 110 km bo‘lgan  Ø426×16 mm lik gaz quvuri;
  • gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi.

Joriy yilning 26 noyabr kuni esa Shirinobod konidan Nazarquduq YP-Sho‘rtanneftgaz GAQ gaz quvurigacha bo‘lgan masofada 8,9 km uzunlikdagi, Ø168 mm lik gaz quvuri qurilishi yakunlandi.

Joriy yilning 30 noyabr holatiga ko‘ra:

  • yo‘nalishlar bo‘yicha olib kelingan quvurlar – 100,9 km;
  • qazilgan zovurlar – 89 km;
  • qatorga payvandlangan quvurlar – 100,9 km;
  • yotqizilgan quvurlar – 54,4 km ni tashkil etdi.

Mazkur ishlarning bajarilishi gaz uzatish infratuzilmasi ishonchliligini mustahkamlab, respublika aholisiga yetkazib berilayotgan gaz hajmining oshishiga olib keladi.

Barcha ishlar o‘rnatilgan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me'yorlariga muvofiq tarzda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid