Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko NATOga Belarusda yadro quroli joylashtirish bilan tahdid qildi
NATO Polshada yadro qurolini joylashtirsa, unda Belarus o‘z hududida Rossiyadan shunday qurolni joylashtirishni so‘raydi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligiga intervyuda Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko aytib o‘tdi.
Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg agar Germaniya o‘z hududida yadro qurolini joylashtirishdan bosh torsa, unda bunday qurol Yevropaning boshqa davlatlarida, jumladan Germaniyadan sharqda paydo bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Lukashenko Stoltenbergning ushbu bayonotiga izoh berib, bunday holatda u “Rossiya prezidentiga Belarusga yadro qurolini qaytarishni taklif qilishini” aytgan.
Belarus yetakchisi boshlovchining gap qanday tizimlar haqida ketayotgani haqidagi savoliga “Biz bu masalada kelishib olamiz”, deb javob qilgan.
Lukashenkoning aytishicha, Belarusda sobiq ittifoq vaqtidan qolgan ballistik raketalar otish maydonchalarining bittasidan tashqari barchasi saqlanib qolgan va qo‘llash uchun shay holatda turibdi.
“Men nima uchun G‘arbning dushmaniga aylandim? Diktator bo‘lganim uchun emas. Bunga sabab, “Topol”lar (ballistik raketa) turgan barcha maydonchalarning bittasidan tashqari barchasi saqlanib qolingani va hanuzgacha soz holatda ekanidir”, deb ta'kidlab o‘tgan Lukashenko.
“Boris Nikolayevich (Yelsin, Rossiyaning birinchi prezidenti) G‘arb, amerikaliklar unga bosim o‘tkazayotgani sababli mendan bu maydonchalarni portlatib yuborishni talab qilgan. Biroq men ularning barchasini saqlab qolganman. Ammo bosim haddan tashqari katta bo‘lganda, biz bunday maydonchalardan o‘rmonda joylashgan bittasini portlatib yuborganmiz. Men buni ko‘rsatishim va isbotlab berishim ham mumkin”, deb o‘z so‘zlarini davom ettirgan Belarus prezidenti.
Sobiq ittifoq parchalangandan keyin Belarus hududida “Topol” qit'alararo ballistik raketalarining o‘nlab zaryadlari va mingdan ko‘proq jangovar yadro kallaklari qolgan. Minsk yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi kelishuvni imzolagandan keyin ushbu qurolni o‘z hududidan olib chiqishga rozi bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
09:15 / 18.04.2026
Zelenskiy Minskka keskin signal yo‘lladi
19:56 / 10.04.2026