Tahsinabonu Muftohiddinova Farğona şahrida tuğilib, maktab va kollejni şu yerda öqigan. Keyin Toşkent moliya institutiga öqişga kirgan.
«Moliya yönalişini tanlaşimga bobom sababçi bölganlar. U kişi matematik, injyener-konstruktor. Bobom bilan bolaligimdan matematika ustida işlardik. Şu sabab, matematikaga qiziqişim ortib, bu böyiça xorijda öqimoqçi edim, uyimdagilar esa buni unça xohlaşmadi», deydi qahramonimiz.
Talaba-almaşinuv dasturi orqali Polşaga ketiş
Moliya institutiga öqişga qabul qilingandan keyin ham Tahsinaga çet elda öqiş istagi tinçlik bermay, ingliz tilini yaxşiroq örgana boşlaydi. Keyin a’lo baholarda öqigan talabalar xorijiy OTMlarning almaşinuv dasturlarida qatnaşişi mumkinligidan xabar topadi.
«Buning uçun talaba ijtimoiy hayotda ham faol bölişi talab etilardi. Şu sabab, birinçi kursligimda «The Young Leaders Development Project» – yoş liderlarni rivojlantirişga oid dasturda marosimlar menejyeri sifatida qabul qilinganman. 6 oy şu dasturda malakamni oşirdim. Dastur davomida xalqaro yoşlar sammiti, respublika miqyosida debat, inşolar tanlovi, Toşkentda ilk marta innovatsion ta’lim simfoziumini taşkil qilganmiz», deydi suhbatdoşimiz volontyorlikka kirib kelgani haqida.
Aynan volontyorlik Tahsinaga birinçi kursda Erasmus+ dasturi doirasida grant yutiş uçun katta yordam bergan. Şu tariqa qahramonimiz ikkinçi kursning birinçi semestrini öqiş uçun Polşaning Krakov iqtisodiyot universitetiga yöl oladi.
«Universitetda meni eng köp hayratlantirgan narsa kutubxona edi. Ularda keçasi 22:00gaça kutubxona oçiq böladi. U yerda bemalol öz yönalişingiz böyiça izlanişlar olib boriş, dars tayyorlaş imkoniyati bor. Har kuni kutubxonaga borib dars tayyorlaşga harakat qilardim, kutubxonaçi ham meni tanib qolgandi».
«Talabga javob bersangiz, almaşinuv dasturida tanlab olinasiz»
Tahsina Polşadan qaytgaç, volontyorlik dasturlarida qatnaşişni davom ettiradi. Özbekistondagi Erasmus+ milliy ofisida volontyorlik dasturiga qabul qilinib, bu yerda Koreyaning SolBridge xalqaro oliy biznes maktabi granti haqida eşitadi.
«Polşadan qaytib kelganimdan keyin, yana xorijga ketiş, köproq narsa örganişni xohladim. Talabalar almaşinuv dasturlarini qidirdim. Va SolBridge xalqaro oliy biznes maktabiga hujjat topşirib, muvaffaqiyatli qabul qilindim», deydi qahramonimiz.











