O‘zbekiston | 17:00 / 03.12.2021
4465
2 daqiqa o‘qiladi

«Buxoroyo‘lko‘kalam» unitar korxonasi «Yashil makon» loyihasi doirasida 50 mingdan ortiq ko‘chat ekadi

Respublika bo‘ylab keng miqyosda o‘tkazilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Buxoroyo‘lko‘kalam» unitar korxonasi tomonidan ham ko‘pgina daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.

Foto: Buxoroyo‘lko‘kalam

«Buxoroyo‘lko‘kalam» unitar korxonasi «Yashil makon» loyihasi asosida 52000 dona manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishni rejalashtirgan. Umuman joriy yilning bahor mavsumida korxona tomonidan 40 ming tup ko‘chat ekilgandi.

Foto: Buxoroyo‘lko‘kalam
Foto: Buxoroyo‘lko‘kalam

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkin, «Buxoroyo‘lko‘kalam» unitar korxonasi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarga ajratilgan uchastkalar chegarasidagi yo‘l bo‘yi hududlarini saqlash, avtomobil yo‘llarining zamonaviy arxitektura-badiiy tuzilishi hamda landshaft dizaynini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida faoliyat olib bormoqda. Buxoro viloyatida avtomobil yo‘llarining uzunligi bugungi kunda 15500 kilometrni tashkil qilib, 2018-2021 yillar davomida korxona tomonidan mazkur yo‘l chetlariga jami 243423 dona ko‘chat o‘tqazildi.

Foto: Buxoroyo‘lko‘kalam
Foto: Buxoroyo‘lko‘kalam

Korxona kelgusida ham bu kabi xayrli ishlarni davom ettirgan holda faoliyatini kengaytirishni rejalashtirgan. Ayni vaqtda tashkilotda 175 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda.

Foto: Buxoroyo‘lko‘kalam
Foto: Buxoroyo‘lko‘kalam
Foto: Buxoroyo‘lko‘kalam

2022 yilda viloyatning bir qator hududlarida ko‘zga ko‘rinarli loyihalarni amalga oshirish maqsad qilingan. Xususan, M37 avtomobil yo‘lining 289 kilometridagi aylanma harakatda landshaft dizayni yaratiladi. Shuningdek, 155000 dona manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ham ko‘zda tutilgan.

«Buxoroyo‘lko‘kalam» unitar korxonasi Ⓣ

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish