20:00 / 03.12.2021
6261

EPSILON (EDC): Kutilma zaxiralari 5 mlrd kubmetr gaz va 100 ming tn kondensatdan iborat Yangi Naiston nomli yangi gaz kondensat koni ochildi

Foto: Epsilon

Joriy yilning 3 dekabr kuni ilgari faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan Yangi Naiston-1 qudug‘ini qayta tiklash ishlari natijasida undan 120 ming kubmetr kunlik hajmdagi sanoat miqyosidagi uglevodorodlar oqimi olindi. Ayni holat yangi kon ochilganini anglatadi. Quduqdagi qazib chiqarish hajmini yanada oshirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Yaqin vaqt oralig‘ida olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun 12 km masofaga  Ø 168 mm lik gaz quvurlari  tortiladi.
 
Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya talablariga muvofiq tarzda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Top